Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
There are 8 verses derived from the masdar-o'zak خ م س you searched for.
besh, beshdan bir, beshtadir, beshinchi safarida, beshinchi safar ham, ellik, besh kishi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
Sizlar agar Allohga va Badr jangida ikki jamoa toʻqnashib haq va botilning orasini ayiruvchi kunda qulimiz Muhammadga nozil qilgan oyatlarimizga iymon keltirgan boʻlsangiz, unda urushda olgan g‘animatlaringizning beshdan biri Allohga, payg‘ambarga, qarindoshlarga yetim-yesirlarga, miskinlarga va musofirlarga tegishli ekanini bilib qoʻyinglar. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Hali yahudiy va nasroniylarning ayrimlari oʻsha Ashob ul-Kahfning adadi haqida: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchilari itlaridir”, – deydilar. Yana boshqalari: “Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir”, – deya taxmin gap aytib, g‘aybga tosh otadilar. Shuningdek, yana: “Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir”, – deyishadi. Ey Muhammad: “Ularning sanog‘ini Robbim eng yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi biladi”, – deb ayting. Bas, ular xususida tortishmang, faqat vahiy asosida ochiq munozara qiling. Hamda Ashobi Kahf haqida ularning birortasidan fatvo soʻramang.
Beshinchi guvohligi esa, agar yolg‘onchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini istashdir.
Ayolning beshinchi guvohligi esa, agar eri rostgoʻylardan boʻlsa unda, oʻziga Allohning g‘azabi tushishini soʻrashidir.
Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, iymon keltirmadilar va ularni zolim boʻlgan hollarida toʻfon balosi tutdi.
Alloh osmonlardagi va Yerdagi barcha narsani albatta, bilishini koʻrmadingizmi?! Uch kishining oʻzaro shivirlashlari boʻlsa, albatta, ularning toʻrtinchisi U Zotdir, besh kishining ham maxfiy suhbati boʻlsa, albatta, oltinchisi yana U Zotdir. Bundan oz boʻladimi yo koʻp boʻladimi, qaerda boʻlsalar ham, albatta, U ular bilan birgadir. Soʻngra qiyomat kuni ularga qilgan amallarining xabarini beradi. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir.
Farishtalar va Ruh miqdori ellik ming yillik boʻlgan bir kunda Uning huzuriga koʻtariladilar.