فَإِنْ حَاجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِيَ لِلَّهِ وَمَنِ اتَّبَعَنِ ۗ وَقُلْ لِلَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْأُمِّيِّينَ أَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُوا فَقَدِ اهْتَدَوْا ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ ۗ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ
Ey Rasulim, bordi-yu shu dalillardan keyin ham siz bilan tortishib bahslashsalar ularga qarata: “Men va menga ergashgan kishilar yuzimni Allohga topshirdim va unga boʻyin egdim”, – deng. Hamda oʻzlariga kitob berilgan va dindan bexabar omilarga: “Islom diniga kirdingizmi?” – deb ayting. Agarda Islomni qabul qilsalar, unda, albatta, hidoyat yoʻlini topibdilar. Aksincha, undan yuz oʻgirsalar, u holda sizning zimmangizdagi narsa, faqatgina dinni yetkazishdir. Alloh bandalarining qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

