وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۚ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ وَلَا تَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ ۚ إِنِّي أَرَاكُمْ بِخَيْرٍ وَإِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُحِيطٍ
Madyan qavmiga birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. Shuʼayb payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Hamda savdoda oʻlchov va tarozudan urib qolmang. Shubhasiz, men sizlarni bu hayotda yaxshi farovonliklar ichida koʻryapman. Agarda daʼvatimga ijobat qilmasangiz, sizlarga hammani oʻrab oluvchi kun boʻlgan qiyomatning azobi kelishidan xavotir olyapman”, – dedi.

