Ularning ahvoli xuddi firʼavn xonadoni va izdoshlarining hamda ulardan avvalgi oʻtganlarning holatiga oʻxshaydi. Ular oyatlarimizni yolg‘onga chiqarishgandan keyin Alloh ularni gunohlari sababli tutib azobladi. Allohning azobi qaqshatgichdir.
There are 6 verses derived from the masdar-o'zak د أ ب you searched for.
holati kabi, xuddi ketishi kabidir, (Ha) ketishi kabi, odatingiz bo'yicha, muntazam yuruvchi, holati
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ularning ahvoli xuddi firʼavn xonadoni va izdoshlarining hamda ulardan avvalgi oʻtganlarning holatiga oʻxshaydi. Ular oyatlarimizni yolg‘onga chiqarishgandan keyin Alloh ularni gunohlari sababli tutib azobladi. Allohning azobi qaqshatgichdir.
Ularning ahvoli xuddi firʼavn xonadoni va izdoshlarining hamda ulardan avvalgi oʻtganlarning holatiga oʻxshaydi. Ular Allohning oyatlariga kufr keltirganlar, keyin esa, Alloh ularni gunohlari sababli tutib azobladi. Albatta, Alloh kuchlidir va azobi qaqshatgichdir.
Ularning ahvoli xuddi firʼavn xonadoni va izdoshlarining hamda ulardan avvalgi oʻtganlarning holatiga oʻxshaydi. Ular Robbilarining oyatlarini yolg‘onga chiqarishgandan keyin gunohlari sababli ularni halok etdik va firʼavn xonadonini dengizga g‘arq qildik. Chunki ularning barchasi zolim kimsalar edi.
Yusuf unga: “Odatdagidek ketma-ket yetti yil ekin ekasizlar. Keyin oʻrib olgan hosilingizni buzilmasligi uchun oʻz boshog‘ida qoldiringlar, faqat undan yeydiganingizni ozginasini yanchib olinglar”, – dedi.
Alloh Quyosh va Oyni doimo harakatlantirib, sizga xizmatkor qilib qoʻydi. Shuningdek, sizga kecha va kunduzni ham boʻysundirdi.
Ular Nuh qavmi, Od, Samud qabilasi va ulardan keyingi kufr yoʻlini tutgan kimsalarning ishi kabidir. Alloh bandalariga zulm qilishni xohlamaydi.