Mushriklar Alloh yaratgan ekin-tikin va hayvonlardan Allohga bir hissa ayirib, oʻzlaricha: “Bu Alloh uchun, bu esa sherik qilgan butlarimiz uchun”, – der edilar. Sheriklari uchun boʻlgani Allohga yetib bormas ekan, lekin Alloh uchun ayirganlari butlariga yetib borar ekan. Naqadar yomon hukm chiqaryaptilar.

