Darhaqiqat, uning bog‘idagi mevalari ofat bilan qurshab olindi. U esa qulab yotgan ishkomlarni koʻrib va ularga qilgan xarajatlarni oʻylab, chapak chalganicha qoldi. Soʻng pushaymon qilib: “Koshki edi, men ham Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda!” – deb qolaverdi.

