Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
Zakariyo: “Ey Robbim, xotinimning homiladorligiga doir menga biror bir belgi koʻrsat”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging, sog‘ boʻlaturib odamlar bilan uch kun gaplasha olmaysan. Ular bilan, faqat imo ishora orqaligina soʻzlashasan. Shuningdek, Robbingni koʻp zikr qil va tunu kun unga tasbeh ayt”, – dedi.
Zakariyo: “Ey Robbim, xotinimning homiladorligiga doir menga biror bir belgi koʻrsat”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging, sog‘ boʻlaturib odamlar bilan uch kun gaplasha olmaysan. Ular bilan, faqat imo ishora orqaligina soʻzlashasan. Shuningdek, Robbingni koʻp zikr qil va tunu kun unga tasbeh ayt”, – dedi.
Yana ular: “Ey Maryam, Robbingga chin koʻngildan itoat qil, sajda qil va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga ruku qil”, – degan edilar.
Shunda Maryam: “Ey Robbim, menga hali odamzodning qoʻli tegmay turib qaydan mendan bola boʻlsin”, – dedi. Alloh unga: “Ha shunday, Alloh Oʻzi istagan narsasini xohlagan tarzda yaratadi. Agar biror bir ishni boʻlishi uchun qaror bersa, unga “boʻl”, – desa tamom u boʻladi”, – dedi.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Hamda men oʻzimdan oldingi nozil boʻlgan Tavrotni tasdiq qiluvchi va sizlarga ayrim harom qilinganlarni halol qilish uchun Robbingizdan bir hujjat keltirdim. Bas, shunday ekan, Allohdan qoʻrqingiz va menga itoat qilingiz!
Shubhasiz, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Shunday ekan, Unga ibodat qilinglar. Toʻg‘ri yoʻl mana shudir.
Shubhasiz, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Shunday ekan, Unga ibodat qilinglar. Toʻg‘ri yoʻl mana shudir.
Ular yana: “Ey Robbimiz, nozil qilganing Injilga iymon keltirdik va payg‘ambar amrlariga ergashdik. Bas, bizni haqqa shohidlik qiluvchilar qatoriga yozgin”, – dedilar.
Ey Rasulim, mana bu haq soʻzlar Robbingdandir. Shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Ey Rasulim, ularga: “Ey yahudiy va nasroniy boʻlgan ahli kitoblar! Kelinglar, sizu bizning oramizda barchamizga barobar boʻlgan shu soʻzga kelaylik. Bular: Allohdan oʻzgaga ibodat qilmasligimiz, Unga hech narsani sherik qilmasligimiz, Allohni qoʻyib bir-birimizni xudolar qilib olmaslik”, – deb ayting. Agarda shu chaqiriqdan keyin ham yuz oʻgirsalar, u holda ularga: “Guvoh boʻlingizki, bizlar, shubhasiz, musulmonlardanmiz”, – deb aytinglar.
Yana u ahli kitoblar: “Diningizga ergashganlardan boshqa hech kimga ishonmanglar”, – deydilar. Ey Rasulim, siz esa ularga: “Ergashish kerak boʻlgan toʻg‘ri yoʻl, albatta, bu Allohning yoʻlidir”, – deb ayting. Ahli kitoblar yana: “Ularga ishonmanglarki, toki sizdan boshqa hech kimga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin yoki Robbingiz huzurida keyin u haqda sizga qarshi hujjat talashib yurmasinlar”, – deydilar. Ey Muhammad, siz ularga: “Albatta, fazlu karam, faqat Allohning qoʻlidadir. Uni xohlagan kishisiga beradi. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”. – deb ayting.
Odamzotdan hech kim Alloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik berganidan keyin insonlarga yuzlanib: “Allohni qoʻyib, menga qul boʻlinglar”, – deyishi aslo mumkin emas. Lekin “Allohning kitobidan taʼlim bergan va taʼlim olganingiz asosida Allohga sig‘inuvchi Robboniy qullar boʻling!”, – deyishi mumkin.
Shuningdek, u payg‘ambar sizlarga farishtalar va payg‘ambarlarni xudolar qilib olishingizni ham buyurmaydi. Axir, musulmon boʻlganingizdan keyin sizni kufrga buyurarmidi?!
Ey Rasulim, siz: “Biz Allohga, bizga nozil qilingan Qurʼonga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlariga tushirilgan ilohiy amrlarga, shuningdek, Muso, Iso va barcha payg‘ambarlarga Robbilari tomonidan berilgan vahiyga iymon keltirdik. U payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz. Biz yolg‘iz Unga taslim boʻlganmiz”, – deb ayting.
Ey Rasulim, oʻshanda siz moʻminlarga: “Robbingiz sizlarga uch ming nafar osmondan tushirilgan farishta bilan yordam berishi kifoya qilmaydimi?” – deganingizni eslang!
Ha, kifoya qiladi. Agar siz sabr-toqat qilib, yolg‘iz Allohdan qoʻrqsangiz, u dushmanlar toʻsatdan sizlarga yurish qilib qolsalar ham, Robbingiz sizga alohida belgilari boʻlgan besh mingta farishta bilan yordam beradi.
Robbingiz tarafidan boʻlgan mag‘firatga va taqvodorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan, kengligi osmonlaru Yercha boʻlgan jannat sari shoshilinglar.
Ana shunday kimsalarning mukofotlari Robbilari tarafidan boʻlgan mag‘firat va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlar boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir. Chiroyli amal qilganlarning mukofoti naqadar goʻzaldir.