Alloh oʻz rasuli Muhammadning: “Ey Robbim, haqiqatan, ana ular iymon keltirmaydigan qavmdir”, – degan gapini ham biladi.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh oʻz rasuli Muhammadning: “Ey Robbim, haqiqatan, ana ular iymon keltirmaydigan qavmdir”, – degan gapini ham biladi.
Bu Robbingiz tomonidan rahmatdir. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Agar haqiqatan ishonuvchi boʻlsangizlar, Robbingiz osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning ham Robbisidir.
Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U oʻldiradi va tiriltiradi. U sizning ham Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Robbidir.
Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U oʻldiradi va tiriltiradi. U sizning ham Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Robbidir.
Ey Robbimiz, bizlardan bu azobni koʻtargin. Albatta, bizlar iymon keltiruvchilarmiz.
Men Robbim va Robbingizdan meni toshboʻron qilishlaringizdan panoh soʻradim.
Men Robbim va Robbingizdan meni toshboʻron qilishlaringizdan panoh soʻradim.
Bas, Muso Robbisiga: “Ular jinoyatchi qavmlardir”, – deb duo qildi.
Bu Robbingiz tomonidan boʻlgan fazldir. Mana shu katta yutuqdir.
Mana bu Qurʼon hidoyat manbaidir. Robbilarining oyatlariga kufr keltirgan kimsalar uchun esa qaqshatqich alamdan iborat azob bordir.
Kimki yaxshilik qilsa, bas, oʻz foydasigadir. Kimki yomonlik qilsa, bas, u oʻz zararigadir. Soʻngra qiyomatda Robbingizga qaytarilasizlar.
Yana ularga din ishi borasida hujjatlar ato qildik. Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan keyin oʻzaro adovat qilib ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kuni oʻrtalarida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqaradi.
Bas, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar esa, ularni Robbilari rahmati boʻlgan jannatga kiritadi. Ana shuning oʻzi ochiq-oydin yutuqdir.
Bas, barcha hamd osmonlarning Robbi, Yerning Robbi hamda olamlarning Robbigadir.
Bas, barcha hamd osmonlarning Robbi, Yerning Robbi hamda olamlarning Robbigadir.
Bas, barcha hamd osmonlarning Robbi, Yerning Robbi hamda olamlarning Robbigadir.
Shubhasiz, Robbimiz yagona Alloh, – deb, soʻngra toʻg‘ri yoʻlda qoim turgan kimsalar uchun xavf yoʻqdir va ular g‘am chekmaydilar.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Onasi uni qornida qiynalib koʻtarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni sutdan ajratish muddati oʻttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq qilgin va men uchun zurriyotimni isloh qil! Albatta, men Senga gunohlarimdan tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman”, – deydi.
U Robbisining amri bilan barcha narsani yer bilan yakson qiladi. Bas, boʻron kelib, tong otganida ularning faqat xaroba maskanlarigina koʻrinib turar edi. Biz jinoyatchi qavmlarni mana shunday jazolaymiz.