Bas, ulug‘ Robbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, ulug‘ Robbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
Robbilarining azobidan qoʻrquvchi kimsalardir.
Shubhasiz, Robbilarining azobidan hech kim xotirjam emasdir.
Bas, mashriqlar va mag‘riblarning Robbisiga qasam boʻlsinki, albatta, Biz barcha ishga qodirmiz.
Nuh iltijo qilib: “Ey Robbim, men qavmimni kecha-yu kunduz iymonga daʼvat qildim”, – dedi.
Bas, ularga: “Robbingizdan mag‘firat soʻranglar, albatta, U oʻta kechirimli – G‘affor Zotdir”, – dedim.
Nuh yana ularga: “Ey Robbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda topgan mol-dunyosi va farzandlari oʻziga faqat ziyonni orttiradigan kimsalarga ergashib ketdilar”, – dedi.
Nuh: “Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta yurt egasini qoldirmagin”, – dedi.
Ey Robbim, meni, ota-onamni, uyimga moʻmin holda kirgan kishilarni va barcha moʻminu moʻminalarni mag‘firat qilgin! Zolimlarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin!
U toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Bas, darhol unga iymon keltirdik. Endi biz Robbimizga hech kimni aslo sherik qilmaymiz.
Albatta, Robbimizning ulug‘vorligi yuksak boʻldi. U biror juft va yo farzand tutgan emasdir.
Biz yerdagi kishilarga Alloh tomonidan yomonlik iroda qilinganmi yoki Robbilari ularga toʻg‘ri yoʻlni iroda qilganmi, bilmaymiz.
Biz Hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Bas, kimki Robbisiga iymon keltirsa, demak, u yaxshiliklarning kamayib qolishidan ham, yomonliklarning ortib ketishidan ham xavfi boʻlmaydi.
Bu bilan ularni sinagan boʻlar edik. Kimki Robbisining zikri boʻlgan Qurʼondan yuz oʻgirsa, uni qiyin azobga yoʻllaydi.
Ey Muhammad kofirlarga: “Men faqat yolg‘iz Robbimga ibodat qilaman va Unga hech kimni sherik qilmayman”, – deb ayting.
Ey Muhammad, kofirlarga: “Sizlarga vaʼda qilinayotgan azob yaqinmi yoki Robbim unga uzoq muhlat qilganmi, bilmayman”, – deb ayting.
Toki payg‘ambarlar Robbilarining elchilik vazifalarini ummatga yetkazganliklarini bilish uchun shunday qiladi. Alloh payg‘ambarlar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olgan. Hamda borliqdagi har bir narsaning sanog‘ini hisoblab qoʻygandir.
Robbingizning nomini mudom yod eting va Uning ibodatiga butunlay ajraling!
U mashriq va mag‘ribning Robbisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, faqat Uni vakil qilib oling!
Albatta, ushbu oyatlar eslatmadir. Bas, kim xohlasa, u sababli Robbisi tomon yoʻl oladi.