وَدَخَلَ مَعَهُ السِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَا إِنِّي أَرَانِي أَعْصِرُ خَمْرًا ۖ وَقَالَ الْآخَرُ إِنِّي أَرَانِي أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِي خُبْزًا تَأْكُلُ الطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِ ۖ إِنَّا نَرَاكَ مِنَ الْمُحْسِنِينَ
Zindonga u bilan birga yana ikki yigit ham tushgan edi. Ulardan bungacha podshohga soqiy boʻlgani: “Men tushimda sharob siqib tayyorlayotganimni koʻrdim”, – dedi. Oldin podshohga novvoylik qilgan boshqa biri esa: “Men boshimda non koʻtarib turganimni, qushlar esa undan yeyayotganini koʻrdim”, – dedi. Keyin ikkovlari Yusufga yalinib: “Sen bizga bu tushlarning taʼbirini aytib bersang. Chindan ham biz seni yaxshilik qiluvchilardan ekaningni koʻrib turibmiz”, – dedilar.

