Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
There are 5 verses derived from the masdar-o'zak ر ع ب you searched for.
qo'rquv
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Robbingiz jangda hozir boʻlgan farishtalarga vahiy qilib: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Iymon keltirganlarni jangda sobitqadam qilinglar. Men kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrquv solaman. Sizlar mushriklarning boʻyniga urib oʻldiringlar. Hamda ularning har bir barmoqlarini urib sindiringlar”, – deganini yodga olinglar.
Ular uyquda boʻlsalar ham, koʻzlari ochiq va harakatlanib turganlari uchun sen ularni uyg‘oq, deb oʻylaysan. Biz ularni badanlaridan yerga tegib turgan tomoni chirib ketmasligi uchun oʻng tomon va chap tomonga aylantirib turar edik. Ularning itlari esa old oyoqlarini ostonaga uzatib yotar edi. Agar birdan ularning ustidan chiqib qolsang, dahshatga tushib, ulardan yuz oʻgirib qochgan boʻlar eding.
Alloh dushman guruhlarga yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni oʻz qalʼalaridan tushirdi va qalblariga qoʻrquv soldi. Endi, siz ulardan bir guruhni oʻldirasizlar, bir guruhni esa asir olasizlar.
U ahli kitob boʻlgan yahudiylardan kufr keltirgan kimsalarni oʻz diyorlaridan birinchi haydash uchun chiqarib yuborgan Zotdir. Ey moʻminlar, sizlar ularni chiqib ketishlarini oʻylamagan edingiz. Ular ham oʻzlarining qalʼalarini Allohning azobidan saqlovchi deb oʻylagan edilar. Bas, Allohning azobi ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qoʻrqinch soldi. Ular uylarini oʻz qoʻllari va moʻminlarning qoʻllari bilan buzar edilar. Bas, ey aql egalari, bu hodisalardan ibrat olinglar!