Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
There are 12 verses derived from the masdar-o'zak ر ه ب you searched for.
qo'rqing, va rohiblar, va ularni qo'rqitdilar, qo'rquvchilar, qo'rqitasiz, va rohiblarini, va rohiblar(dan), va qo'rqib, qo'rquvdan (ochilgan), va ruhbonlikni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Ey Muhammad, insonlar orasida moʻminlarga eng qattiq dushman deb, yahudiylar va mushriklarni koʻrasiz. Moʻminlarga doʻstlikda yaqinrog‘i esa “Biz nasroniylarmiz”, – deganlarni koʻrasiz. Buning sababi esa ular orasida ruhoniy va rohiblarning borligi hamda ularning kibr qilmasliklaridir.
Muso ularga: “Avval sizlar otinglar”, – dedi. Ular qoʻllaridagi tayoqlarini yerga tashlagach, odamlarning koʻzlarini sehrlab ularni dahshatga tushirdilar. Shu tariqa ular katta sehr keltirib koʻrsatdilar.
Musoning g‘azabi sokinlashgach, yerdagi lavhalarni qayta qoʻliga oldi. Undagi nusxada Robbilaridan qoʻrqadigan kimsalar uchun hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi va rahmat manbalari bor edi.
Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha harbiy kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qilib qoʻyinglar, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydigan, lekin Alloh biladiganlarni ham qoʻrqitasiz. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻla-toʻkis qilib adolat bilan qaytariladi va sizlarga zulm qilinmaydi.
Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlari va rohiblarini xudolar qilib oldilar. Maryam oʻg‘li Iso Masihni ham xudo deb bildilar. Vaholanki, faqat yagona Ilohga ibodat qilishga buyurilgan edilar. Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, faqat yolg‘iz Uning Oʻzi bordir. U Zot ularning sherik qilayotganlaridan munazzah va pokdir.
Ey iymon keltirganlar, shubhasiz, oʻsha yahudiy va nasroniylarning donishmand va rohiblaridan aksariyati odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeydilar. Hamda Allohning yoʻlidan kishilarni toʻsadilar. Ey Muhammad, oltin va kumushlarni yig‘ib, uni Alloh yoʻlida ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Alloh taolo: “Ikki xudo qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qoʻrqinglar”, – dedi.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Qoʻl-qanotingni bu moʻʼjizalardan qoʻrqib ketsang, qoʻltig‘ingga qisib ol u yana oʻz holiga qaytadi. Mana bu ikki aso va qoʻl moʻʼjizasi Robbing tomonidan firʼavn va uning zodagonlariga ikki dalildir. Haqiqatan, ular fosiqlar qavmi edi.
Soʻngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘ambarlarimizni yubordik va Maryam oʻg‘li Isoni ham ularning ortidan yubordik va unga Injilni berdik hamda unga ergashgan kimsalarning qalblarida mehribonlik va shafqat paydo qildik. Rohiblikni esa ular oʻzlari chiqarib oldilar. Biz bu rohiblikni ularga yozmagan edik. Lekin ular oʻzlari Allohning rizoligini istab rohiblik qildilar-u, soʻng unga toʻla rioya qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirgan kimsalarga mukofotlarni ato qildik. Ammo ularning orasida aksariyati fosiqdirlar.
Ey moʻminlar, shubhasiz, sizlar munofiqlarning dillarida Allohdan koʻra koʻproq qoʻrqinchli tuyulasizlar. Bunga sabab, ular Allohning qudratini anglamaydigan qavm ekanliklaridir.