Namozni toʻliq ado qilinglar, zakot beringlar va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga Allohga ruku qilinglar.
There are 59 verses derived from the masdar-o'zak ز ك و you searched for.
zakotni, va ularni tozalaydi, va sizni tozalovchi, va ularni tozalamaydi, yaxshiroq, va ularni yuksaltmaydi, va o'zlarini yuksaltuvchi, maqtab yuksaltuvchilarni, yuksaltadi, zakotlarini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Namozni toʻliq ado qilinglar, zakot beringlar va ruku qiluvchi moʻminlar bilan birga Allohga ruku qilinglar.
Bir paytlar bani Isroil avlodlaridan, “Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaysiz, ota-onaga, qavm-qarindoshga, yetim-yesirlarga va miskinlarga yaxshilik qilasizlar hamda odamlarga muloyim boʻlib, chiroyli gaplar aytasizlar, namozni toʻliq ado etasizlar, zakot berasizlar”, – deb ahd olgan edik. Siz bu ahdlashuvdan keyin yuz oʻgirib ketdingiz, faqat sizdan ozgina qismingiz ahdiga vafo qildi. Sizlar haligacha haqiqatdan yuz oʻgiruvchi kimsalarsiz.
Namozni toʻliq ado etinglar va zakotni beringlar. Oʻzingiz uchun yaxshi ishlardan nimaiki qilgan boʻlsangizlar, albatta, uning natijasini Allohning huzurida topasizlar. Albatta, Alloh qilayotgan har bir ishingizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Ey Robbimiz, u ummatlarning orasidan oyatlaringni oʻqib beradigan, ularga kitob va hikmatni oʻrgatadigan hamda ularni gunohlardan tozalaydigan bir elchini yubor. Shubhasiz, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
Shuningdek, orangizdan sizlarga oyatlarimizni tilovat qilib, oʻqib beradigan, sizlarni gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan hamda bilmaydigan narsalaringizni oʻrgatadigan bir payg‘ambar yubordik.
Shubhasiz, Alloh nozil qilgan Tavrot kitobidagi Muhammadning sifatini qasddan yashiradigan va uni dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar, qorinlariga, faqat doʻzax otashini yegan boʻladilar. Alloh ularga qiyomat kunida gapirmaydi va ularni gunohlardan tozalamaydi. Shuningdek, ularga alamli azob beriladi.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz hamda ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, soʻngra yaxshilikcha oʻzaro rozi boʻlishib, kelishib olsalar, ularni erlariga qayta nikohlanishlariga qarshilik qilmanglar. Orangizdagi Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar mana bu oʻgitlar bilan nasihat qilinadi. Bu ishni qilish sizlar uchun eng xayrli va pokiza ishdir. Barchasini Alloh biladi, siz bandalar esa bilmaysizlar.
Iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan, namozlarni mukammal ado etgan va zakotlarni bergan kimsalarning Robbilari huzurida ularga ajr-mukofotlari bordir. Hamda ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Allohga bergan ahdu paymon va qasamlarini oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar uchun oxiratda hech qanday nasiba yoʻqdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi va rahmat nazari bilan boqmaydi. Ularni gunohlaridan tozalamaydi hamda ular uchun alamli azob tayyorlab qoʻyilgandir.
Darhaqiqat, Alloh oʻzlarini ichidan ularga oyatlarini oʻqib beradigan, shirk va gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan Payg‘ambar yuborib, moʻminlarga neʼmat berdi.
Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.
Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.
Ey Rasulim, ularga: “Hozircha urush qilishdan tiyilib, namozlarni ado etinglar va zakot beringlar”, – deb ayitilgan kimsalarning holatini koʻrmadingizmi? Vaqti kelib ularga jang farz qilingach, birdaniga ular orasidagi bir qism jamoa odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek hatto yanada qattiq qoʻrquv bilan choʻchiy boshladilar. Hamda ular: “Ey Robbimiz, nega bizlarga jangni farz qilding? Uni bizlarga yaqin bir muddatga ortga surib tursang boʻlmasmidi?” – dedilar. Ey Rasulim, ularga: “Oʻtkinchi dunyoning lazzati ozginadir. Allohdan qoʻrqqanlar uchun esa oxirat hayoti afzaldir. Sizlarga qilchalik ham zulm qilinmaydi”, – deb ayting.
Biroq ularning orasidan ilmda puxta boʻlganlar, sizga nozil qilingan Qurʼonga va sizdan oldingi nozil qilingan kitoblarga iymon keltiradigan moʻminlar hamda namozni toʻla ado etadiganlar, zakotni beradiganlar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham bordir. Ana oʻsha zotlarga ulkan mukofotni beramiz.
Haqiqatan, Alloh bani Isroil avlodlarining qatʼiy ahdu paymonini oldi. Biz ularning orasidan oʻn ikki boshliqni tanlab yubordik. Shunda Alloh ularga: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozlarni toʻla toʻkis ado etsangiz, zakot bersangiz, Rasullarimga iymon keltirsangiz, ularga yordam bersangiz, Alloh yoʻliga chiroyli qarz bersangiz, shunda sizlarning gunohlaringizdan oʻtaman va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizaman. Shundan keyin ham kimki kufr keltirsa, shubhasiz, toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.
Shubhasiz, sizlarning doʻstingiz Alloh va uning Rasulidir. Hamda Robbilariga boʻyinlarini egib namozlarini toʻliq ado qiladigan va zakot beradigan moʻminlardir.
Muso yana duo qilib: “Ey Robbim, bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bitgin. Biz Senga tavba qilib qaytdik”, – dedi. Alloh unga: “Azobimni istagan bandamga yetkazaman, biroq rahmatim hamma narsadan keng boʻlgandir. Bas, u rahmatimni Mendan qoʻrqadigan kimsalarga, zakot beradiganlarga hamda oyatlarimizga iymon keltiradiganlarga yozib qoʻyaman”, – dedi.
Urush harom qilingan oylar chiqqach esa mushriklarni uchratgan joylaringizda oʻldiringlar. Ularni asir tutib olinglar va qamal qilinglar. Hamda ularni barcha kuzatuv joylarida poylab oʻtiringlar. Agarda tavba qilsalar, namozni mukammal ado etib, zakot bersalar unda ularni yoʻllariga xoli qoʻyinglar. Chunki albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar tavba qilib iymonga kelsalar, namozni toʻliq ado qilsalar va zakot bersalar, u holda ular sizlarning dindagi birodarlaringizdir. Biz haqni biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qilib beramiz.