أَمْ يَقُولُونَ افْتَرَاهُ ۖ قُلْ إِنِ افْتَرَيْتُهُ فَلَا تَمْلِكُونَ لِي مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِ شَهِيدًا بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ
Yoki ular: “Muhammad uni oʻzi toʻqib olgan”, – deydilarmi?! Ey Rasulim, ularga: “Agar uni oʻzim toʻqib olgan boʻlsam, u holda, Allohdan keladigan biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U Zot bu kitob haqida siz shoʻng‘iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Uning Oʻzi men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir”, – deb ayting. Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

