فَاطِرُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ جَعَلَ لَكُمْ مِنْ أَنْفُسِكُمْ أَزْوَاجًا وَمِنَ الْأَنْعَامِ أَزْوَاجًا ۖ يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ ۚ لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ ۖ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ
Alloh osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun oʻzlaringizdan boʻlgan juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft qilib yaratdi. U sizlarni oʻsha juftlik asosida koʻpaytiradi. U Zotga oʻxshash biror narsa yoʻqdir. U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

