Toʻg‘ri yoʻlga boshlash yolg‘iz Allohning zimmasida. Lekin yoʻllar ichida qing‘iri ham bordir. Agar Alloh xohlaganida, barchangizni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan boʻlar edi.
There are 176 verses derived from the masdar-o'zak س ب ل you searched for.
yo'li, yo'li, yo'lda qolganlarga, yo'lida, va yo'lda qolgan(lar), bir yo'l (mas'uliyat), yo'liga, mening yo'limda, bir yo'l, bir yo'ldir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Toʻg‘ri yoʻlga boshlash yolg‘iz Allohning zimmasida. Lekin yoʻllar ichida qing‘iri ham bordir. Agar Alloh xohlaganida, barchangizni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgan boʻlar edi.
Yana U, sizlarni silkitib yubormasligi uchun Yerda ulkan tog‘larni barpo qildi. Ekin-tikin va ichishingiz uchun daryolarni oqizib qoʻydi va koʻzlagan manzillaringizga borishda adashmasligingiz uchun yoʻllarni ham paydo qildi.
Keyin har xil mevalardan yeb, Robbing senga qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin. Ularning qorinlaridan odamlar uchun unda shifo boʻlgan turli rangdagi asal sharbati chiqadi. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Kufr keltirgan va odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsgan kimsalarga buzg‘unchilik qilganlari uchun azob ustiga azobni koʻpaytiramiz.
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmanglar. Unday boʻlsa, Islom yoʻlida sobit boʻlgan oyoqlaringiz toyib ketadi. Hamda odamlarni dindan sovutib, Alloh yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomon balo va musibatlarni totib qolasizlar va oxiratda sizlar uchun ulkan azob beriladi.
Ey Rasulim, Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli nasihat bilan daʼvat qiling. Ular bilan eng goʻzal uslubda munozara qiling. Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi Uning yoʻlidan adashgan kimsalarni juda yaxshi biluvchi va U toʻg‘ri yoʻlda hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.
Ey Rasulim, Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli nasihat bilan daʼvat qiling. Ular bilan eng goʻzal uslubda munozara qiling. Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi Uning yoʻlidan adashgan kimsalarni juda yaxshi biluvchi va U toʻg‘ri yoʻlda hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.
Qarindoshga, miskinga va yoʻlovchiga xayru sadaqa qilib haqilarini bering va neʼmatlarimni bekorga sovurib isrofgarchilik qilmang.
Zinoga yaqinlashmang, albatta, u buzuqlik va yomon yoʻldir.
Ey Muhammad, ularga: “Agarda mushriklar aytganlaridek U bilan birga boshqa ilohlar ham boʻlganida edi, u holda ular Arshga ega boʻlishga yoʻl izlagan boʻlar edilar”, – deb ayting.
Ey Muhammad, ular siz haqingizda qandaydir boʻlmag‘ur misollar keltirganlarini koʻring. Bas, ular haq yoʻldan adashdilar, endi toʻg‘ri yoʻlni topa olmaydilar.
Kimki, bu yerdagi dunyoda haqiqatni bilmay koʻr boʻlgan boʻlsa, bas, u oxiratda ham koʻr va butunlay yoʻldan ozuvchidir.
Ey Rasulim, ularga: “Har kim oʻz holiga koʻra amal qiladi. Robbingiz esa kim eng toʻg‘ri yoʻlda ekanini yaxshi biluvchidir”, – deb ayting.
Ey Muhammad: “Istasangiz, Alloh deb duo qilinglar yoki Rahmon deb duo qilinglar. Qanday duo qilsangiz ham joizdir. Zero, barcha goʻzal ismlar Unga xosdir”, – deb ayting. Ey Muhammad, namozingizni juda baland ovozda jahriy qilib yubormang, toki mushriklar eshitib, Qurʼonni haqorat qilmasinlar va uni oʻta past ovozda maxfiy qilib ham yubormang, toki sahobalaringiz tinglab, foydalansinlar. Shu jahriylik va maxfiylik oʻrtasida bir yoʻl tuting.
Ular yoʻlga tushib, qachonki, ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetib borishgach baliqlarini u yerda unutib qoldirdilar. Shundan keyin baliq dengizda yoʻlini topib suzib ketdi.
Shunda yigit: “Buni qarang, biz dengiz sohilidagi qoyaga joylashib dam olgan paytimizda, men baliqni unutib qoldiribman. Uni sizga eslatishimni faqat shayton yodimdan chiqardi. Baliq esa dengizga ajoyib tarzda yoʻlini topib suzib ketibdi.
U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.
Yer kurrasidagi mavjudotlarni tebratib yubormasligi uchun unda ulkan tog‘larni yaratdik. Hamda u yerda odamlar manzillariga toʻg‘ri borishlari uchun keng yoʻllarni paydo qildik.
Haq yoʻldan boʻyin tovlab, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun yuradiganlari ham bor. Undaylar uchun bu dunyoda sharmandalik bor, qiyomat kunida esa unga yonish azobini tottiramiz.
Albatta, kufr keltirgan kimsalarga, Allohning yoʻlidan hamda Biz Makka ahli uchun ham, tashqaridan keluvchilar uchun ham ziyorat qilishni barobar qilib qoʻygan Masjid ul-Haromdan toʻsadigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlgan kimsalarga alamli azobdan tottirib qoʻyamiz.