Shuningdek, moʻmina ayollarga ham: “Koʻzlarini nomahram erkaklardan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar. Hamda sirtdan koʻrinib turadigandan boshqa ziynatlarini koʻrsatmasinlar va roʻmollarini koʻkraklari ustiga tashlab olsinlar. Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo oʻg‘illari, yo erlarining oʻg‘illari, yo oʻzlarining aka-ukalari, yo aka-ukalarining oʻg‘illari, yo opa-singillarining oʻg‘illari, yo oʻzlari kabi ayollar, yo qoʻl ostilaridagi choʻrilar, yo juda keksayib yoki aqlsiz-devona boʻlib ayollarga hojati boʻlmagan erkak xizmatkor, ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan bolalardan boshqalarga koʻrsatmasinlar. Hamda yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini yerga urmasinlar”, – deb ayting. Ey moʻminlar, barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, Shoyad, shunda zafar topsangiz.

