Oʻg‘rilik qilgan erkakni ham ayolni ham qilgan ishlariga yarasha bir jazo va Allohdan bir ibrat boʻlishi uchun qoʻllarini kesinglar. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
There are 9 verses derived from the masdar-o'zak س ر ق you searched for.
va o'g'irlik qiluvchi erkakning, va o'g'irlik qiluvchi ayolning, o'g'risiz, o'g'ri, o'g'irlaganda, o'g'irlagan edi, o'g'irlik qildi, o'g'irlik qilgan, o'g'irlik qilmasliklariga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Oʻg‘rilik qilgan erkakni ham ayolni ham qilgan ishlariga yarasha bir jazo va Allohdan bir ibrat boʻlishi uchun qoʻllarini kesinglar. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Oʻg‘rilik qilgan erkakni ham ayolni ham qilgan ishlariga yarasha bir jazo va Allohdan bir ibrat boʻlishi uchun qoʻllarini kesinglar. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Yusuf ularni yegulik jihozlari bilan jihozlagach ukasining yuki orasiga sezdirmay bir idishni solib qoʻydi. Soʻngra jarchi: “Ey karvon egalari, sizlar oʻg‘ridirsizlar”, – deb hayqirib jar soldi.
Ular: “Allohga qasam boʻlsinki, bizlar bu yerga buzg‘unchilik qilish uchun kelmaganimizni aniq bilasizlar-ku. Bizlar oʻg‘ri emasmiz”, – dedilar.
Akalari buni koʻrib: “Agar bu Binyamin oʻg‘rilik qilgan boʻlsa, qilgandir,, chunki oldin uning akasi ham oʻg‘rilik qilgan edi”, – dedilar. Shunda Yusuf bu gapni ichiga yutib, ularga bildirmadi va: “Sizlar yomon maqomdasizlar. Alloh toʻqib chiqarayotgan gaplaringizni juda yaxshi biluvchidir”, – dedi.

Sizlar endi otalaringiz oldiga qaytinglar va: “Ey otamiz, oʻg‘ling Binyamin oʻg‘rilik qildi. Bizlar faqat bilgan narsamizga guvohlik bermoqdamiz. Axir biz g‘aybga taalluqli boʻlgan yashirin ishlarni biluvchi emasmiz”, – deb aytinglar.
Agar jinlardan birortasi farishtalarning soʻzini oʻg‘rincha eshitib olsa, darhol unga yorqin yulduz quvib yetadi va yakson qiladi.
Ey Payg‘ambar, qachonki, oldingizga moʻminalar kelib, sizga oʻzlarining Allohga biror narsani sherik qilmasliklariga, oʻg‘irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, oʻz bolalarini oʻldirmasliklariga, qoʻllari va oyoqlari orasida toʻqib oladigan boʻhtonni keltirmasliklariga hamda biror yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga doir bayʼat qilsalar, siz ularning bayʼatlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag‘firat soʻrang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.