Shunday qilib, u masxara qilish illatini barcha jinoyatchilarning dillariga solib qoʻyamiz.
There are 12 verses derived from the masdar-o'zak س ل ك you searched for.
uni kiritamiz, va yur, va ochdi, kirgiz (mindir), biz uni kiritdik, kirgiz, keyin uni o'tkazdi, uring uni, ketishingiz uchun, uni kiritadi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunday qilib, u masxara qilish illatini barcha jinoyatchilarning dillariga solib qoʻyamiz.
Keyin har xil mevalardan yeb, Robbing senga qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin. Ularning qorinlaridan odamlar uchun unda shifo boʻlgan turli rangdagi asal sharbati chiqadi. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
U Zot Yerni sizlar uchun beshik qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv yog‘dirdi. Bas, u suv bilan turli nabototlardan juftlarini chiqardik.
Keyin, Biz unga vahiy qilib: “Bizning himoyamiz va vahiyimiz bilan bir kema yasagin. Bas, qachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga favvoralar otilgan payt, u kemaga bir juft har bir jonivordan va oilangni olgin. Lekin kofirlardan kim haqida Bizni g‘arq boʻlishi xususida soʻzimiz oʻtgan boʻlsa, ulardan voz kech. Hamda zulm qilganlar haqida yordam soʻrab Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir”, – deb vahiy qildik.
Biz u kufrni jinoyatchilarning qalblariga ana shunday yoʻllab qoʻyganmiz.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Qoʻl-qanotingni bu moʻʼjizalardan qoʻrqib ketsang, qoʻltig‘ingga qisib ol u yana oʻz holiga qaytadi. Mana bu ikki aso va qoʻl moʻʼjizasi Robbing tomonidan firʼavn va uning zodagonlariga ikki dalildir. Haqiqatan, ular fosiqlar qavmi edi.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, uni yerda chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u suvning vositasida turli ekinlarni chiqaradi, vaqti kelib keyin u quriydi, soʻng siz uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Alloh soʻngra uni quruq choʻpga aylantiradi. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratli eslatma bordir.
Soʻngra uzunligi yetmish quloch boʻlgan zanjirga bog‘langlar.
Sizlar undagi keng yoʻllarda yurishlaringiz uchun tekis qilib qoʻydi.
Bu bilan ularni sinagan boʻlar edik. Kimki Robbisining zikri boʻlgan Qurʼondan yuz oʻgirsa, uni qiyin azobga yoʻllaydi.
Faqat Oʻzi rozi boʻlgan payg‘amabarnigina Oʻzining baʼzi g‘aybidan ogoh qiladi. Bas, albatta, U har bir payg‘ambarning oldidan ham, ortidan ham kuzatuvchi farishta yoʻllaydi.
Ular doʻzax ahliga: “Sizlarni Saqarga nima kiritdi?” – deydilar.