Shuningdek, biron narsa haqida: “Buni ertaga, albatta, qiluvchiman”, – deya aslo aytmang.
There are 519 verses derived from the masdar-o'zak ش ي أ you searched for.
xohlasaydi, narsa, narsani, xohlagan narsangizni, bir narsa, xohlasa, xohlagan, narsaga, bir narsa (asos), bir narsa bilan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shuningdek, biron narsa haqida: “Buni ertaga, albatta, qiluvchiman”, – deya aslo aytmang.
Faqat “Inshoalloh, Alloh xohlasa”, – deb ayting. Agar bu soʻzni unutgan paytingizda, yodingizga kelgan zahoti Robbingizni zikr qiling. Hamda: “Shoyad, Robbim meni bundan ham yaqinroq toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilsa”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.
Oʻsha ikki bog‘ hech narsani qoldirmay hosilini bekam-koʻst berar, ularning oʻrtasidan anhor oqizib qoʻygan edik.
Sen bog‘ingga kirganingda: “Bu Allohning irodasi, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir”, – deganingda edi, durust boʻlardi. Agarda sen meni mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.
Ey Rasulim, ularga dunyo hayotining misolini keltirib oʻting. U xuddi bir suv kabidirki, Biz uni osmondan yog‘dirgach, u sababli bahorda yer oʻsimliklari bir-biriga aralashib oʻsib ketadi. Soʻngra kuz faslida shamollar uni uchirib ketadigan xas-choʻpga aylanib qoladi. Alloh hamma narsaga qodir Zotdir.
Haqiqatan, Biz bu Qurʼonda odamlarga turli misollardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson har narsada juda tortishuvchi boʻlgan edi.
Muso unga: “Alloh xohlasa, sen mening sabrli ekanimni koʻrasan. Men senga biror ishda itoatsizlik qilmayman”, – dedi.
Xizr Musoga: “Bas, agar menga ergashsang, to oʻzim senga undan eslatma aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan savol soʻramagin”, – dedi.
Keyin ikkisi yoʻlga tushdilar. Bir kemaga minganlarida Xizr kemani teshib qoʻydi. Muso bundan hayratlanib: “Kema ahlini choʻktirib yuborish uchun uni teshib qoʻydingmi?! Haqiqatan, juda g‘alati narsa qilding-ku!” – dedi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Nihoyat, bir bolani uchratganlarida, Xizr uni oʻldirdi. Muso Xizrga qarab: “Hech kimni oʻldirmagan pokiza jonni oʻldirasanmi?! Haqiqatan, juda xunuk narsa qilding-ku?!” – dedi.
Shunda Muso: “Agar bundan keyin ham sendan biror narsa haqida soʻrasam, meni oʻzingga hamroh qilmagin. Chunki men tomondan uzrda meʼyorga yetgan boʻlasan”, – dedi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan yegulik soʻragan edilar, aholi ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. Soʻng oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrib qolishdi Xizr uni qayta tiklab qoʻydi. Muso Xizrga: “Agar xohlasang, bu ishing uchun xizmat haqi olishing mumkin edi”, – dedi.
Darhaqiqat, Biz Zulqarnaynga Yerda ulkan imkon berdik. Hamda barcha istagan narsasiga erishish sababini ham ato qildik.
Farishtalar unga: “Ha, shunday, Robbing bu ish Menga oson, axir seni ilgari hech narsa boʻlmagan paytingda ham yaratgan edim-ku, – deb aytmoqda”, – dedi.
Soʻng Maryam bolasini koʻtargan holda qavmiga keldi. Ular: “Ey Maryam, sen qiziq ish qilibsan-ku!” – dedilar.
Vaqtiki, u otasiga: “Ey otajon, nega sen hech narsani eshitmaydigan, koʻrmaydigan va senga biror foyda yetkaza olmaydigan narsaga ibodat qilasan?” – dedi.
Faqat iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilargina bundan xoli boʻlib jazoga tortilmaydilar. Bas, ular abadiy jannatga kiradilar va ularga hech narsada zulm qilinmaydi.
Axir, oʻsha inson Biz uni oldin oʻzi hech narsa boʻlmagan paytida yaratganimizni eslamaydimi?!