وَيَا قَوْمِ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَى اللَّهِ ۚ وَمَا أَنَا بِطَارِدِ الَّذِينَ آمَنُوا ۚ إِنَّهُمْ مُلَاقُو رَبِّهِمْ وَلَٰكِنِّي أَرَاكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.

