Ey Muhammad, oʻzidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi qilib sizga haqiqatan, Qurʼon kitobni nozil qildi. Oldin Tavrot va Injilni nozil qilgan edi.
От искомого вами масдар-узак التَّوْرٰية образовано 18 аятов.
Tavrot, va Tavrotni, Tavrotni, Tavrotda, Tavrotdagi, Tavrot-
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, oʻzidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi qilib sizga haqiqatan, Qurʼon kitobni nozil qildi. Oldin Tavrot va Injilni nozil qilgan edi.
Alloh Isoga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatadi.
Hamda men oʻzimdan oldingi nozil boʻlgan Tavrotni tasdiq qiluvchi va sizlarga ayrim harom qilinganlarni halol qilish uchun Robbingizdan bir hujjat keltirdim. Bas, shunday ekan, Allohdan qoʻrqingiz va menga itoat qilingiz!
Ey oʻzlariga kitob tushirilgan ahli kitoblar! Nima uchun u bizning dinimizda edi, deb Ibrohim haqida tortishasizlar?! Axir, Tavrot ham Injil ham undan keyin nozil qilingan-ku! Shu haqda aql ishlatmaysizlarmi?!
Tavrot kitobi nozil qilinmasdan burun Isroilning maʼlum sabablarga koʻra oʻziga harom qilganidan tashqari barcha taomlar bani Isroil avlodlariga halol qilingan edi. Ey Rasulim, ularga “Agar soʻzingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda Tavrotni keltirib, uni oʻqib koʻringlar”, – deb ayting.
Tavrot kitobi nozil qilinmasdan burun Isroilning maʼlum sabablarga koʻra oʻziga harom qilganidan tashqari barcha taomlar bani Isroil avlodlariga halol qilingan edi. Ey Rasulim, ularga “Agar soʻzingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda Tavrotni keltirib, uni oʻqib koʻringlar”, – deb ayting.
Ichida Allohning hukmlari boʻlgan Tavrot oʻzlarining oldilarida boʻla turib, qanday qilib sizdan hukm soʻraydilar? Haqiqatni eshitganlaridan keyin esa sizdan yuz oʻgirib ketadilar. Ular hech ham iymon keltirgan emaslar.
Haqiqatan, Biz ichida hidoyat va nur boʻlgan Tavrotni nozil qildik. Allohga taslim boʻlgan payg‘ambarlar u kitob bilan yahudiylarga hukm qilar edilar. Allohning kitobini muhofaza etishga masʼul qilingan ilohiy bilim egalari boʻlgan Robboniylar va yahudiy ulamolar ham shunday hukm qilib, oʻzlari unga guvoh boʻlganlar. Shunday ekan, hukm chiqarishda odamlardan qoʻrqmanglar. Faqat Mendan qoʻrqinglar hamda oyatlarimni oʻtkinchi dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotib yubormanglar. Kimki Alloh nozil qilgan oyatlar bilan hukm qilmas ekan, ana oʻshalar aynan kofir kimsalardir.
Payg‘ambarlarning izlaridan esa oʻzidan oldin nozil qilingan Tavrotni tasdiqlovchi qilib, ortidan Maryam oʻg‘li Isoni yubordik. Unga ichida nur va hidoyat boʻlgan, oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaydigan hamda Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun hidoyat manbai va pandu nasihat boʻlgan Injilni berdik.
Payg‘ambarlarning izlaridan esa oʻzidan oldin nozil qilingan Tavrotni tasdiqlovchi qilib, ortidan Maryam oʻg‘li Isoni yubordik. Unga ichida nur va hidoyat boʻlgan, oʻzidan oldingi Tavrotni tasdiqlaydigan hamda Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun hidoyat manbai va pandu nasihat boʻlgan Injilni berdik.
Agar ular Tavrotga, Injilga va Robbilari tomonidan ularga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilganlarida edi, tepalaridan ham, oyoq ostilaridan ham rizq yegan boʻlar edilar. Shu bilan birga, ularning orasida haddan oshmagan adolatli toifa ham bor. Lekin ulardan aksariyatining qilayotgan ishlari juda yomondir.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.
Alloh oʻsha kunda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, senga va volidangga bergan neʼmatlarimni xotirlagin. Oʻshanda seni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllagan edim. Odamlarga beshikda ekaningda ham, navqiron chog‘ingda ham gapirarding. Hamda senga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini oʻxshatib yasar, keyin unga puflarding va u Mening iznim bilan haqiqiy bir qush boʻlib qolar edi. Mening iznim bilan tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzatar eding. Mening iznim bilan oʻliklarni ham tiriltira olar eding. Ularga ochiq-oydin dalillar bilan kelganingda ular orasidagi kufr keltirgan kimsalar: “Bu aniq sehrdir”, – degan edilar. Oʻshanda bani Isroil avlodlarining yomonligidan seni toʻsib qolganimni ham yodga ol”, – deydi.
U kimsalar esa huzurlaridagi Tavrot va Injilda nomi yozilgan, deb topgan va oʻqish yozishni bilmaydigan ummiy – Rasul va Nabiyga ergashadiganlardir. Bu payg‘ambar esa ularni yaxshi ishlarni qilishga buyuradi va yomon ishlardan qaytaradi. Ularga pokiza rizqlarni halol qiladi va nopok narsalarni harom qiladi. Hamda gardanlaridagi og‘ir yuklarni va boʻyinlaridagi zillat zanjirlarini ulardan olib tashlaydi. Shuningdek, u kimsalar unga iymon keltirgan, payg‘ambarga hurmat bajo qilgan va unga yordam koʻrsatganlardir. Hamda Rasulga nozil qilingan nur boʻlmish Qurʼon hukmlariga ergashgan zotlardir. Aynan oʻshalar najot topganlardir.
Shubhasiz, Alloh moʻminlardan jonlari va mollarini sotib oldi. Albatta, uning evaziga ular uchun jannatni beradi. Alloh yoʻlida jang qilib, oʻldiradilar va yoki oʻldiriladilar. Bu Tavrotda ham Injilda ham Qurʼonda ham Uning zimmasidagi haq boʻlgan vaʼdadir. Allohdan koʻra ahdiga vafodorroq kim bor?! Shunday ekan, ey moʻminlar, bu kelishgan savdolaringizdan xursand boʻlinglar. Ana shuning oʻzi katta yutuqdir.
Muhammad Allohning Rasulidir. U bilan birga boʻlgan moʻminlar kofirlarga qattiq, oʻz oralarida moʻminlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Ularni doimo Allohdan fazl va rozilik istab, ruku va sajda hollarida koʻrarsiz. Ularning yuzlarida sajda izlaridan qolgan belgilar bordir. Mana shu sifatlar ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, goʻyo urug‘ini yorib chiqib, quvvatga kiradigan, yoʻg‘onlashib oʻz novdasida tik turadigan va dehqonlarni hayron qoldiradigan oʻsimlikka oʻxshaydi. Bu moʻminlarning kuchayishi sababli kofirlarning jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan iymon keltirgan va solih amallarni qilganlariga mag‘firat va ulkan ajrni vaʼda qildi.
Ey Muhammad, Maryam oʻg‘li Iso: “Ey bani Isroil avlodi, men Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambariman. Men oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar beruvchiman”, – deganini eslang. Bas, qachonki, Iso ularga payg‘ambarligiga doir koʻplab hujjatlarni keltirgach, ular “bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Tavrot yuklatilgan, soʻngra unga amal qilmay koʻtara olmagan kimsalarning misoli xuddi kitoblarni koʻtarib ketayotgan eshakka oʻxshaydi. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmaydi.