يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَتَّقُوا اللَّهَ يَجْعَلْ لَكُمْ فُرْقَانًا وَيُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ
Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga itoat qilib taqvo qilsangiz, sizlarga haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat yoʻlini qilib qoʻyadi. Hamda gunohlaringizni kechib, sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.

