Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
От искомого вами масдар-узак ع و ن образовано 11 аятов.
yordam so'raymiz, yordam so'rang, o'rta yoshli, (Allohdan) yordam so'rang, va yordamlashing, yordamlashmang, yordam so'rang, yordam so'raladi, siz menga yordam beringki, Uning yordamiga sig'iniladi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
Allohdan har qandoq holda ham sabr qilib va namoz oʻqish bilan yordam soʻranglar. Albatta, u namozni toʻliq ado etish qiyin bir amaldir. Biroq namoz oʻqish yolg‘iz Allohdan qoʻrquvchi kimsalargagina mashaqqatli ish emasdir.
Keyin ular: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning qandayligini bizlarga bayon qilsin”, – dedilar. Shunda Muso: “U Zotning amr qilishicha, sigir na qari va na juda yosh, shu ikkisi oralig‘idagi oʻrtacha bir sigir boʻlsin”, – deb aytdi. Soʻngra Muso: “Bas, endi sizga amr qilingan ishni qila qolinglar”, – dedi.
Ey moʻminlar, musibatlarga sabr qilish va namoz oʻqish bilan Mendan yordam istanglar. Shubhasiz, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning hajga doir belgilarini, jang qilish harom qilingan oylarni, qurbonlik uchun keltirilgan hadyalarni, qurbonlikka atalganini bildirish maqsadida ularga ilib qoʻyilgan taqinchoqlarni hamda Robbilaridan fazlu karam va rozilik istab Bayt ul-Haromga niyat qilib keluvchilar haqini poymol qilishni oʻzingizga halol deb hisoblamanglar. Ehromdan chiqib halol boʻlgach, bemalol ov qilaveringlar. Sizlarni Masjid ul-Haromga borishga qarshilik koʻrsatgan qavmning xusumati ularga dushmanlik qilishingizga jalb qilmasin. Sizlar, faqat ezgulik va taqvo yoʻlida koʻmaklashinglar, gunoh va dushmanlik yoʻlida esa hamkorlik qilmanglar. Allohdan qoʻrqinglar va Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.

Muso oʻz qavmiga: “Allohdan yordam soʻranglar va sabr qilinglar. Yer yuzi barchasi Allohnikidir. Uni Oʻz bandalaridan xohlagan kishiga meros qilib beradi. Oqibat esa Allohdan qoʻrqqanlar uchundir”, – dedi.
Uning koʻylagi ustiga bir chorva hayvonining qonini surib soxta qon bilan keltirdilar. Yaʼqub oʻg‘illariga qarab: “Yoʻq, sizlarga nafsingiz bu yomon ishni qilishga undagan. Bas, mening vazifam chiroyli sabr qilishdir. Nima ham deyman, siz taʼriflayotgan voqealarga chidash uchun Alloh menga madadkordir.
Zulqarnayn ularga: “Robbimning menga ato etgani sizlar beradigan mol-dunyodan yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga ishchi kuchi bilan yordam bering, men sizlar bilan ularning oʻrtasiga bir toʻsiq qilib beraman”, – dedi.
Muhammad: “Ey Robbim, Oʻzing haq bilan hukm chiqar. Robbimiz mehribondir hamda U sizlar qilgan vasflardan yordam soʻraladigan Zotdir”, – dedi.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bu Qurʼon faqat Muhammad uni toʻqib olgan bir uydirmadir. Bu ishda unga boshqa qavmlar yordam berganlar”, – dedilar. Darhaqiqat ular bu soʻzlari bilan zulm va yolg‘on keltirdilar.