Oʻshanda sizlardan ikki musulmon toifa, garchi Alloh ularning qoʻriqchisi boʻlsa ham, umidsizlikka tushib orqaga chekinmoqchi boʻldilar. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkal qilsinlar.
От искомого вами масдар-узак ف ش ل образовано 4 аятов.
qo'rqib buzilishga, siz qo'rqdingiz, chekinardingiz, aks holda qo'rquvga tushib qolasiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻshanda sizlardan ikki musulmon toifa, garchi Alloh ularning qoʻriqchisi boʻlsa ham, umidsizlikka tushib orqaga chekinmoqchi boʻldilar. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkal qilsinlar.
Albatta, Alloh sizga bergan vaʼdasiga sodiq qoldi. Chunki sizlar Uhud jangida u kofirlarni Allohning izni bilan birin ketin qira boshlagan edingiz. Vaqtiki, Alloh sizga oʻzingiz sevgan zafarni koʻrsatgach, boʻshasha boshladingiz, itoat amri haqida bir-biringiz bilan tortishdingiz va buyruqqa qarshi harakat qildingiz. Oralaringizda dunyoni sevadiganlar ham, oxiratni sevadiganlar ham bor edi. Soʻngra sizlarni imtihon qilish uchun g‘alabani mag‘lubiyatga burib yubordi. Ammo keyin sizlarni afv qildi. Alloh moʻminlarga fazlu karam sohibi boʻlgan Zotdir.
Ey Muhammad! Siz jangdan oldin koʻrgan tushingizda Alloh sizga matonat berishi uchun ularning sonini oz qilib koʻrsatdi. Chunki sizlarga ularning adadini koʻp qilib koʻrsatganida edi, sizlar vahimaga tushib sustlashib qolgan va bu boradagi ishda tortishib qolgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh Oʻzining yordami bilan sizlarni undan salomat qildi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Allohga va Uning Rasuliga itoat qilinglar va oʻzaro ixtilofga tushib tortishmanglar. Aks holda, sustlashib, kuch-quvvatingiz ketib qoladi. Sabr-toqatli boʻlinglar, Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.