Biz ularning zurriyotlarini Nuh payg‘ambar yasagan ichi toʻla kemada koʻtarganimiz va toʻfon balosidan qutqarganimiz ular uchun qudratimizdan yana bir alomatdir.
От искомого вами масдар-узак ف ل ك образовано 25 аятов.
va kemalarda, kemada, kemani, kemalarni, kemalar, bir yulduzdagida, va kemalarni, kema, kemaga, kemalarning
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz ularning zurriyotlarini Nuh payg‘ambar yasagan ichi toʻla kemada koʻtarganimiz va toʻfon balosidan qutqarganimiz ular uchun qudratimizdan yana bir alomatdir.
Oʻshanda u oʻz qavmidan g‘azablanib ichi toʻla yukli kemaga qarab qochgan edi.
Sizlar uchun ularda koʻp foydalar bordir. Bu hayvonlar ularning ustida koʻngillaringiz istagan ehtiyojlaringizga yetishlaringiz uchun ham yaratilgan. Sizlar quruqlikda oʻsha hayvonlar ustida va dengizlarda esa kemalarda manzillaringizga eltib qoʻyilasizlar.
U Zot mavjudotlardan barcha juftlarni yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan sizlar minadigan narsalarni paydo qildi.
Alloh sizlarga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va Uning fazlidan istakda boʻlishingiz uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Shoyadki, bu neʼmatlar uchun shukr qilsangizlar.