Ular u yuk ostida mangu qoladilar. Qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk boʻladi.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular u yuk ostida mangu qoladilar. Qiyomat kunida ular uchun juda yomon yuk boʻladi.
Sur chalinib, barcha odamlar tiriltiriladigan oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari qoʻrquvdan koʻkarib ketgan hollarida jamlaymiz.
U yerda chuqurlik ham balandlik ham koʻrmaysiz.
Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib nozil qildik va unda ogohlatirishga doir vaʼdalarni bayon qildik. Balki, ular bu shirk va kufrdan saqlanadilar yoki bu Qurʼon ular uchun eslatma paydo qiladi.
Shubhasiz, sen u yerda och ham boʻlmaysan va yalang‘och ham qolmaysan.
Shuningdek, u yerda chanqoq ham boʻlmaysan, issiqda ham qolmaysan.
Biz ulardan ilgari oʻzlarining maskanlarida yashab yurgan qanchadan-qancha nasllarni kufrlari sababli halok qilganimiz ham ularni toʻg‘ri yoʻlga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
Biz ulardan ilgari oʻzlarining maskanlarida yashab yurgan qanchadan-qancha nasllarni kufrlari sababli halok qilganimiz ham ularni toʻg‘ri yoʻlga solmadimi?! Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
Ey Rasulim, ularni sinashimiz uchun dunyo hayotining ziynati qilib, ayrimlarini bahramand qilgan narsalarimizga koʻzingizni tikmang. Robbingizning sizga ato qiladigan rizqi yaxshiroq va boqiydir.
Mushrik va kofirlar: “Muhammad Robbisidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi”,– deydilar. Axir ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayoni boʻlgan Qurʼon kelmadimi?!
Odamlar uchun qiyomat kunidagi hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g‘aflatda boʻlib, iymondan yuz oʻgiruvchi boʻlgan holdalar.
Shunda Muhammad ularga: “Robbim osmon va Yerdagi barcha soʻzni biladi. U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”, – dedi.
Darhaqiqat, sizlarga kitobni nozil qildik. Unda sizlarning ibratli zikringiz bor. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!
Shunda farishtalar: “Qochmanglar, maishatga shoʻng‘igan undagi oʻz maskanlaringizga qaytinglar, ehtimol soʻroq qilinasizlar”, – dedilar.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unikidir. Uning huzuridagi zotlar Unga qullik qilishdan kibrlanmaydilar va ibodatda toliqmaydilar.
Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.
Yer kurrasidagi mavjudotlarni tebratib yubormasligi uchun unda ulkan tog‘larni yaratdik. Hamda u yerda odamlar manzillariga toʻg‘ri borishlari uchun keng yoʻllarni paydo qildik.
Yer kurrasidagi mavjudotlarni tebratib yubormasligi uchun unda ulkan tog‘larni yaratdik. Hamda u yerda odamlar manzillariga toʻg‘ri borishlari uchun keng yoʻllarni paydo qildik.
U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan Zotdir. Barcha sayyoralar falakda doimiy suzib yuradilar.
Ibrohim: “Haqiqatan, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatda boʻlgansizlar”, – dedi.