Aynan mana shular yaxshiliklarni qilishga shoshadilar va uni qilishda oʻzib ketuvchilardir.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Aynan mana shular yaxshiliklarni qilishga shoshadilar va uni qilishda oʻzib ketuvchilardir.
Yoʻq, kofirlarning dillari bundan g‘aflatdadir. Ularning bundan boshqa oʻzlari qiluvchi boʻlgan behuda ishlari bordir.
Agar haqiqat ularning havoyi nafslariga ergashganda edi, shubhasiz, osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib, halok boʻlib ketgan boʻlar edi. Yoʻq, Biz ular uchun eslatmalarini keltirdik, ular esa, oʻzlariga kelgan eslatmalaridan yuz oʻgiruvchidirlar.
Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi zararni aritsak, shubhasiz, ular yana oʻz tug‘yonlarida tentirab yurgan boʻlar edilar.
To qachonki, Biz ularga qattiq azob eshigini ochib qoʻyganimizda, birdan ular noumid boʻlib qoluvchilardir.
U sizlarni yer yuzida yaratib, soʻngra taratgan Zotdir. Qiyomat kuni, albatta, Uning huzuriga yig‘ilasizlar.
Ey Muhammad, ularga: “Agar bilsangiz, aytinglar-chi, Yer va undagi bor jonzot kimniki?” – deb ayting.
Ey Robbim, oʻshanda meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!.
Shoyad, men tark etgan dunyodagi yerimda yaxshi amal qilsam, – deydi. Yoʻq, u aslo dunyoga qaytarilmaydi. Albatta, bu quruq gap boʻlib, u buni gapiruvchi, xolos. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan bir toʻsiq bordir.
Bas, qachonki, qiyomat boshlanib, surga puflangan oʻsha kunda ularning oʻrtalarida hech qanday nasab aloqalari qolmaydi va ular oʻzaro savol-javob ham qila olmaydilar.
Kimning tarozilari yengil boʻlsa, bas, ana oʻshalar nafslariga zarar qildilar. Ular jahannamda mangu qoluvchilardir.
Ularning yuzlarini olov yalaydi va ular u yerda tishlari koʻrinib, badbashara boʻlib qoluvchilardir.
Alloh ularga: “Jahannamda xor boʻlinglar va Menga gapirmanglar”, – deydi.
Alloh ularga: “Yerda hayotingizdagi yillarning hisobi boʻyicha qancha qoldingizlar?” – deydi.
Bu Biz nozil qilgan va hukmlarini farz qilgan bir suradirki, unda sizlar eslatma olishingiz uchun ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik.
Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi boʻlsangizlar, Allohning dinidagi hukmlarni bajarishda sizlarni u ikkisiga nisbatan rahm-shafqat qilish tuyg‘ulari tutmasin. Shuningdek, ularning jazolanishida moʻminlardan bir guruh shohid boʻlsinlar.
Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli boʻlmaganida edi, albatta, ichiga shoʻng‘igan bu lofingiz sababli sizlarni katta azob tutgan boʻlar edi.
Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli boʻlmaganida edi, albatta, ichiga shoʻng‘igan bu lofingiz sababli sizlarni katta azob tutgan boʻlar edi.
Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli boʻlmaganida edi, albatta, ichiga shoʻng‘igan bu lofingiz sababli sizlarni katta azob tutgan boʻlar edi.
Albatta, iymon keltirgan kishilar orasida buzuq gaplar tarqalishini yaxshi koʻradigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh hamma narsani biladi, sizlar esa bilmaysizlar.