Biz unga: “Qoʻrqmagin, albatta, sen ulardan ustunsan”, – dedik.
От искомого вами масдар-узак اَنْتَ образовано 81 аятов.
sen, (yolg'iz) sen, (faqat) sensan, yolg'iz sen, sen (ham), va sen, senmi?, sensan, albatta sen, va sensan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz unga: “Qoʻrqmagin, albatta, sen ulardan ustunsan”, – dedik.
Sehrgarlar: “Bizlar oʻzimizga kelgan moʻʼjizalardan va bizlarni yoʻqdan bor qilgan Zotdan aslo seni ustun qoʻymaymiz. Bas, bizga qarshi nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat shu dunyo hayotida hukm qilasan, xolos”, – dedilar.
Ular yana Ibrohimga: “Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen oʻyin qiluvchilardanmisan?” – dedilar.
Ibrohimni olib kelishgach unga: “Ey Ibrohim, ilohlarimizni sen shunday qildingmi?” deb soʻradilar.
Ayyubning esa Robbisiga: “Menga kasallikdan musibat yetdi, Oʻzing rahmlilarning eng rahmlisisan”, – deb nido qilgan paytini eslang.
Zunnun, yaʼni Yunus payg‘ambarning oʻz qavmidan g‘azablangan holda Bizning iznimiz boʻlmasdan qishlog‘idan chiqib ketgan paytida unga qarshi hech narsa qilolmaymiz deb oʻyladi. Biz uni dengizda baliq qorniga tashlaganimizdan keyin qorong‘i zulmatlar ichida: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen barcha nuqsonlardan poksan. Darhaqiqat, men oʻzimga zulm qiluvchilardan boʻldim”, – deb nido qildi.
Zakariyo ham: “Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qoʻyma menga merosxoʻr farzand ato qil. Sen vorislarning eng yaxshisisan”, – deb nido qildi.
Endi, qachonki oʻzing va sen bilan birga boʻlgan kishilar kemaga joylashib olgach: “Bizlarga zolim qavmlardan najot bergan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayt.
Hamda yana: “Ey Robbim, meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen manzilga tushiruvchilarning eng yaxshirog‘isan”, – deb duo qil.
Darvoqe, Mening bandalarim orasida bir guruh bordir. Ular: “Ey Robbimiz, Senga iymon keltirdik. Bas, bizlarni mag‘firat qil va bizlarga rahm qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – der edilar.
Ey Muhammad: “Ey Robbim, gunohlarimizni mag‘firat et va holimizga rahm qil! Sen oʻzing rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – deb ayting.
Ey Rasulim, koʻrdingizmi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan boʻlsa, endi siz uning ustida vakil boʻlarmidingiz?!
Keyin bir odamni oʻldirib qiladigan ishingni qilib qoʻyding. Sen juda noshukr kimsalardansan.
Ular payg‘ambarlariga: “Sen aniq sehrlangan kimsalardansan”, – dedilar.
Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamsan. Bas, agar gapingda rostgoʻylardan boʻlsang, biror moʻʼjiza keltir.
Ular Shuʼaybga: “Chindan ham, sen sehrlangan kimsalardansan”, – dedilar.
Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamsan. Biz seni yolg‘onchilardan deb oʻylaymiz.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Yana siz qalb koʻzi koʻrlarni oʻz zalolatlaridan qaytarib, hidoyat yoʻliga soluvchi emassiz. Siz faqat bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan kishilargagina oʻz soʻzlaringizni eshittira olasiz. Bas, ana oʻshalar musulmonlardir.
Farishtalar: “Ey pok Robbimiz, ular emas, Sen bizning doʻstimizsan. Yoʻq, ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga ishonuvchilar edi”, – deydilar.