Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
От искомого вами масдар-узак ق ر أ образовано 88 аятов.
Qur'on, qur' (uch marta yoki uch tozalanish muddati), Qur'onni, o'qilganda, va Qur'onda, bir Qur'on, Qur'on-, o'qiydigon(larga), bir Qur'on sifatida, va Qur'onning
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Qiyomatda unga: “Mana, kitobingni oʻqi! Bugun nafsing oʻzingga qarshi yetarli hisob qiluvchidir”, – deyiladi.
Darhaqiqat, ushbu Qurʼonda odamlarga eslatma olishlari uchun turli masal va hikmatlarni bayon qildik. Lekin bu eslatmalar ularni yanada haqdan yiroqlashtirmoqda.
Ey Muhammad, qachonki Qurʼonni qiroat qilganingizda, siz va oxiratga ishonmaydiganlarning oʻrtasiga koʻrinmas maʼnaviy parda tortib qoʻyamiz.
Ey Muhammad, qachonki Qurʼonni qiroat qilganingizda, siz va oxiratga ishonmaydiganlarning oʻrtasiga koʻrinmas maʼnaviy parda tortib qoʻyamiz.
Shuningdek, Qurʼonni anglay olmasinlar, – deb ularning qalblariga toʻsiqlar va eshitmasliklari uchun quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyamiz. Siz qachon Qurʼonda yolg‘iz Robbingizni zikr qilsangiz, mushriklar orqalariga burilib, qochib ketadilar.
Ey Muhammad, sizga: “Robbingiz barcha odamlarni qamrab olgan”, – deb aytganimizni eslang. Biz sizga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan zaqqum nomli daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz mushriklarni shu kabi xabarlar bilan qoʻrqitamiz, lekin bu ularning tug‘yonlarini yanada koʻp orttiradi.
Biz qiyomat kunida barcha odamlarni oʻz rahnamolari bilan chaqiramiz. Bas, kimgaki nomai aʼmoli boʻlgan kitobi oʻng qoʻlidan berilsa, aynan oʻshalar oʻzlariga zarracha zulm qilinmagan holda sevinib kitoblarini oʻqiydilar.
Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘isigacha namozni mukammal qoim qiling va tonggi oʻqishni ham ado qiling. Zero, tonggi oʻqish farishtalar hozir boʻladigan namozdir.
Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘isigacha namozni mukammal qoim qiling va tonggi oʻqishni ham ado qiling. Zero, tonggi oʻqish farishtalar hozir boʻladigan namozdir.
Biz Qurʼondan moʻminlar uchun shifo va rahmat manbai boʻlgan oyatlarni nozil qilamiz. Lekin bu oyatlar zolimlarga faqat ziyonni orttiradi.
Ey Rasulim, ularga: “Qasam boʻlsinki, agar insoniyat va jinlar olami ushbu Qurʼonning oʻxshashini keltirish uchun birlashib, agarda bir-birlariga yordamchi boʻlsalar ham uning oʻxshashini keltira olmaydilar”, – deb ayting.
Shubhasiz, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun ibratli boʻlgan har bir masaldan bayon qildik. Lekin odamlarning koʻpchiligi faqat inkorni tanladilar.
Yoxud sening oltindan bir uying boʻlmaguncha yoki koʻz oʻngimizda osmonga koʻtarilib ketmaguningcha, hargiz senga iymon keltirmaymiz. Bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, hatto, bu osmonga koʻtarilishingga ham aslo ishonmaymiz. Ey Rasulim, ularga: “Yo pok Parvardigorim, men faqat payg‘ambar boʻlgan bir odam edim-ku!” – deb ayting.
Biz Qurʼonni odamlarga asta-sekinlik bilan oʻqib berishingiz uchun uni boʻlaklarga ajratdik va boʻlib-boʻlib nozil qildik.
Biz Qurʼonni odamlarga asta-sekinlik bilan oʻqib berishingiz uchun uni boʻlaklarga ajratdik va boʻlib-boʻlib nozil qildik.
Haqiqatan, Biz bu Qurʼonda odamlarga turli misollardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson har narsada juda tortishuvchi boʻlgan edi.
Ey Muhammad, Biz sizga ushbu Qurʼonni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun nozil qilmaganmiz.
Shuningdek, Biz uni arabiy Qurʼon qilib nozil qildik va unda ogohlatirishga doir vaʼdalarni bayon qildik. Balki, ular bu shirk va kufrdan saqlanadilar yoki bu Qurʼon ular uchun eslatma paydo qiladi.
Haq podshoh boʻlgan Alloh oliy Zotdir. Ey Muhammad, sizga Qurʼonning vahiysi hali bitmasdan oldin uni qiroat qilishga shoshilmang hamda: “Ey Robbim, menga ilmni yanada ziyoda qil”, – deb ayting.