Alloh shayton tashlaydigan narsani qalblarida illat boʻlgan munofiqlar va toshbag‘ir kofirlarni sinash uchun qildi. Albatta, zolimlar haqdan uzoq ayriliqdalar.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh shayton tashlaydigan narsani qalblarida illat boʻlgan munofiqlar va toshbag‘ir kofirlarni sinash uchun qildi. Albatta, zolimlar haqdan uzoq ayriliqdalar.
Shuningdek, ilm berilgan zotlarni esa bu Qurʼonni Robbingiz tomonidan kelgan haqiqat ekanini bilib keyin unga iymon keltirishlari va dillari u bilan ixlosli boʻlishi uchun qildi. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiluvchidir.

Kufr keltirgan kimsalar ularga toʻsatdan qiyomat kelgunicha yoki ertasi boʻlmagan qisir kunning azobi kelgunicha, undan shak-shubhadadirlar.
U kunda hukmronlik yolg‘iz Alloh uchundir. Allohning Oʻzi ular oʻrtasida hukm qiladi. Bas, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar neʼmatlanish jannatlaridalar.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar, ana ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
Alloh yoʻlida yurtlaridan hijrat qilgan, keyin oʻldirilgan yoki vafot etgan zotlarni, albatta, Alloh jannatda goʻzal rizq bilan rizqlantiradi. Albatta, Allohning Oʻzi rizq beruvchilarning eng yaxshisidir.
U sizlarga hayot bergan, soʻngra ajallaringiz yetganida oʻlim beradigan, keyin qiyomatda sizga yana qayta hayot beradigan Zotdir. Darhaqiqat, inson juda noshukrdir.
Qachonki, ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirgan kimsalarning yuzlarida eʼtiroz alomatini koʻrasiz. Ular, oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga hujum qilishgacha boradilar. Ey Rasulim, ularga: “Endi, sizlarga bundan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzax boʻlib, Alloh uni kufr keltirgan kimsalarga vaʼda qilgan va u naqadar yomon borar joydir”, – deb ayting.

Ey insonlar, sizga shunday masal aytildi, bas, unga quloq solinglar. Shubha yoʻqki, sizlar Allohni qoʻyib, sig‘inayotgan narsalaringiz, agar hammalari uni qilishga birlashsalar ham bir pashshani yarata olmaydilar. Agar pashsha ulardan biror narsani tortib olsa, undan uni qutqarib qololmaydilar. Butlardan yordam talab qiluvchi ham, yordam talab qilingan butlar ham ojiz boʻldilar.
Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
Ular namozlarida xokisordirlar.
Hamda ular behuda soʻz va ishlardan yuz oʻgiruvchidirlar.
Ular haqdorlarga zakotni ado qiluvchilardir.
Ular avratlarini begonalardan saqlovchi kishilardir.
Moʻminlar odamlarning topshirgan omonatlariga va oralaridagi ahdlariga rioya qiluvchi kimsalardir.
Ular namozlarini oʻz vaqtida ado qilib, muhofaza qiluvchilardir.
Firdavs jannatiga voris boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.