Ular Nuh qavmi, Od, Samud qabilasi va ulardan keyingi kufr yoʻlini tutgan kimsalarning ishi kabidir. Alloh bandalariga zulm qilishni xohlamaydi.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular Nuh qavmi, Od, Samud qabilasi va ulardan keyingi kufr yoʻlini tutgan kimsalarning ishi kabidir. Alloh bandalariga zulm qilishni xohlamaydi.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Iymon keltirgan kishi “Ey qavmim, menga ergashinglar, men sizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlab boraman”, – dedi.
Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga: “Bizlar dunyoda sizlarga ergashgan edik, endi, sizlar bizlardan doʻzax otashining biror boʻlagini daf qila olasizlarmi?” – deydilar.
Takabburlik qilgan kimsalar: “Bizlarning barchamiz, shubhasiz, endi, bu yerdamiz. Alloh bandalari oʻrtasida hukm chiqarib boʻldi”, – deydilar.
Shunda doʻzaxdagi kimsalar jahannam qoʻriqchilariga: “Robbingizga duo qilinglar, bizlardan biror kun azobni yengillatsin”, – deydilar.
Albatta, Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan kimsalarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir boʻlib turadigan qiyomat kunida ham yordam beramiz.
Albatta, Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalarning koʻngillarida kibr bor. Ular oʻzlari orzu qilgan bu kibrlariga yetishuvchi emaslar. Bas, siz Allohdan panoh soʻrang. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Koʻzi koʻr bilan koʻradigan odam va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa ham barobar boʻlmaydi. Ey odamlar, juda kam eslatma olasizlar.
Robbingiz: “Menga duo qilinglar, Men sizlarning duolaringizni ijobat qilaman”, – dedi. Albatta, Menga qullik qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda boʻyinlarini eggan holarida jahannamga kiradilar.
Alloh sizlarga unda orom olishingiz uchun kechani va kasb-kor qilishingiz uchun yorug‘ kunduzni yaratgan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar mana shunday toʻg‘ri yoʻldan burilib ketadilar.
Alloh sizlarga hayot kechirishingiz uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qoʻygan Zotdir. U sizlarga turli surat berib, suratlaringizni goʻzal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirgan Zotdir. Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir. Bas, barcha olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh barakatli va ulug‘dir.
Ey Muhammad, ularga: “Men oʻzimga Robbim tomonidan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohdan boshqaga duo qilayotgan narsalaringizga ibodat qilishdan man etilganman va olamlarning Robbisiga taslim boʻlishga amr qilindim”, – deb ayting.
U avval sizlarni tuproqdan, soʻngra bir tomchi nutfadan, soʻngra laxta qondan yaratgan Zotdir. Keyin U sizlarni ona qornidan goʻdak holingizda dunyoga chiqaradi. Soʻngra sizlarni voyaga yetishingiz, keyin qarishingiz uchun ulg‘aytiradi. Sizlarning orangizda bu davrdan oldin vafot etadigan kishilar ham boʻladi. Alloh sizlarni belgilangan ajalgacha yetib borishingiz uchun hayot beradi. Shoyadki, bulardan ibrat olib, aql ishlatsangizlar.
U tiriltiradigan va oʻldiradigan Zotdir. Agar biror ishni hukm qilsa, unga faqat: “Boʻl!” – deydi, xolos. Bas, u ish boʻladi.
Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni koʻrmadingizmi? Ular qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Biz nozil qilgan kitobni va payg‘ambarlarimiz bilan yuborgan narsalarni yolg‘onga chiqargan kimsalar yaqinda barchasini bilib oladilar.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, agar sizga oʻsha kofirlarga vaʼda qilayotgan azobdan baʼzilarini koʻrsatsak ham yoki sizni azob tushishidan oldinroq vafot ettirsak ham, bas, faqat Oʻzimizga qaytariladilar.