U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizning barchasini biladigan Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizning barchasini biladigan Zotdir.
U iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning duolarini ijobat qiladi va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qiladi. Kofirlar uchun esa shiddatli azob bordir.
U qurg‘oqchilik tufayli odamlar umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg‘ir yog‘diradigan va Oʻz rahmatini keng qilib yoyadigan Zotdir. U bandalariga doʻst – Valiy va maqtovga sazovor Hamid Zotdir.
Oyatlarimiz haqida tortishadigan kimsalar oʻzlari uchun Allohning azobidan qochib qutuladigan joy yoʻq ekanini bilib olsinlar!
Sizga berilgan narsalar oʻtkinchi dunyo hayotining matohi, xolos. Iymon keltirgan va Robbilariga suyanadigan kimsalar uchun Allohning huzuridagi narsa dunyo matolaridan yaxshiroq va boqiyroqdir.
Ular katta gunohlardan va fahsh ishlardan chetlanadigan, g‘azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan kimsalardir.
Ular Robbilarining har bir amriga ijobat etgan va namozni toʻliq ado etgan zotlardir. Ularning ishlari oʻzaro maslahat bilan boʻladi va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan muhtojlarga ehson qiladilar.
Ular oʻzlariga tajovuz qilinganda unga qarshi kurashib, g‘olib boʻladigan zotlardir.
Faqat odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaqlik bilan tajovuzkorlik qiladigan kimsalarni ayblab jazolashgagina yoʻl bordir. Ana oʻshalar uchun alamli azob bordir.
Ularning xorlikdan boshlari egilgan va doʻzaxga koʻz qirlari bilan qaragan hollarida unga koʻndalang qilinayotganlarini koʻrasiz. Iymon keltirgan zotlar: “Albatta, haqiqiy ziyon koʻruvchilar qiyomat kunida oʻzlariga, ahli oilalariga ziyon qilgan kimsalardir”, – deydilar. Ogoh boʻlinglarki, zolimlar doimiy azobdadirlar.
Ularning xorlikdan boshlari egilgan va doʻzaxga koʻz qirlari bilan qaragan hollarida unga koʻndalang qilinayotganlarini koʻrasiz. Iymon keltirgan zotlar: “Albatta, haqiqiy ziyon koʻruvchilar qiyomat kunida oʻzlariga, ahli oilalariga ziyon qilgan kimsalardir”, – deydilar. Ogoh boʻlinglarki, zolimlar doimiy azobdadirlar.
Bu yoʻl osmonlardagi va Yer yuzidagi barcha narsa Uniki boʻlgan Allohning yoʻlidir. Ogoh boʻlinglarki, barcha ishlar albatta, Allohga qaytadi.
Oʻsha Zot sizlar uchun yerni beshik qilib qoʻygan va safarlaringizda koʻzlagan manzillaringizga yoʻl topishingiz uchun unda turli yoʻllarni paydo qildi.
U Zot osmondan aniq oʻlchov bilan suv yog‘dirdi. Bas, Biz bu suv bilan suvsizlikdan oʻlgan shaharlarni tiriltirdik. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan mana shu tarzda chiqarilasizlar.
U Zot mavjudotlardan barcha juftlarni yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan sizlar minadigan narsalarni paydo qildi.
Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashib olib minasizlar. Keyin unga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: “Bizlarga bu ulovni boʻysundirib qoʻygan Zot ayb va nuqsonlardan pokdir. Vaholanki, bizlar bunga qodir emas edik”, – deysizlar.
Rahmonning bandalari boʻlgan farishtalarni mushriklar qizlar dedilar. Yoki mushriklar ularning yaratilishiga guvoh boʻlganmidilar?! Unday boʻlsa ularning bu guvohliklari, albatta, yozib qoʻyiladi va ular qiyomat kunida soʻroq qilinadilar.
Men faqat meni yaratgan Zotga ibodat qilaman. Bas, U meni haq dinga hidoyat qiladi.
Yoki Biz ularga vaʼda qilgan azobni hayotlik chog‘ingizdayoq sizga koʻrsatamiz. Shubhasiz, Biz ularga azob berishga qodirmiz.
Bas, oʻzingizga vahiy qilingan Qurʼonni mahkam tuting. Albatta, siz toʻg‘ri yoʻldasiz!