Alloh sizga kofirlarning bir qismini kesib yoʻq qilish yoki ostin-ustun qilib, noumid qaytib ketishlari uchun sizga yordam qilgan edi.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh sizga kofirlarning bir qismini kesib yoʻq qilish yoki ostin-ustun qilib, noumid qaytib ketishlari uchun sizga yordam qilgan edi.
Ey iymon keltirganlar, bergan qarzlaringizni bir necha barobar qilib olish niyatida sudxoʻrlik illati boʻlgan riboni yemanglar. Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangizlar.
Kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan mangu doʻzaxdan qoʻrqinglar.
U taqvodor kimsalar yengil va og‘ir kunlarda ham xayru ehson qilib, nafaqa qiladiganlar, g‘azabini ichga yutadiganlar va odamlarning kamchiliklarini kechiruvchilardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
Ular biror bir buzuq ish qilib yoki nafslariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini soʻraydilar. Axir Allohdan oʻzga gunohlarni kim ham mag‘firat qilardi? Shuningdek, ular bilib turib qilayotgan yomon ishlarida davom etmaydigan kimsalardir.
Agar sizlarga Uhud jangida jarohat yetgan boʻlsa, u qavmga ham Badr jangida shunga oʻxshash jarohat yetgan. Biz bu yaxshi va yomon kunlarni odamlar orasida vaqti-vaqti bilan shunday qilib aylantirib turamiz. Alloh buni chinakam iymon keltirganlarni oʻrtaga chiqarib, bilishi va sizlardan shahidlarni saralab olishi uchun qiladi. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi.
Shuningdek, Alloh iymon keltirganlarni gunohlaridan poklash va kofirlarni halok qilish uchun shunday qiladi.
Yoki Alloh sizlardan haqiqiy jihod qilganlarni va musibatlarga sabrli kishilarni aniqlamay turib, jannatga kiramiz, deb hisoblaysizmi?!
Ey iymon keltirganlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, ortingizga qaytaradilar. Natijada, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz.
Ey iymon keltirganlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, ortingizga qaytaradilar. Natijada, ziyon koʻruvchilarga aylanib qolasiz.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Ikki qoʻshin toʻqnashgan kuni, sizlardan yuz oʻgirib urushdan qochganlarning esa qilgan baʼzi xato ishlari sababli, shayton ularni toʻg‘ri yoʻldan urgan edi. Shunga qaramay Alloh ularni afv etdi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Yer yuzida hijrat qilib safarda yoki jangda g‘oziy boʻlgan birodarlari haqida: “Agar biz bilan birga boʻlganlarida oʻlmagan va oʻldirilmagan boʻlar edilar”, – deydigan kofirlar kabi boʻlmanglar. Alloh bu tuyg‘uni munofiqlarning qalblarida bir nadomat boʻlsin deb, qilgandir. Alloh tiriltiradi ham, oʻldiradi ham. Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Yer yuzida hijrat qilib safarda yoki jangda g‘oziy boʻlgan birodarlari haqida: “Agar biz bilan birga boʻlganlarida oʻlmagan va oʻldirilmagan boʻlar edilar”, – deydigan kofirlar kabi boʻlmanglar. Alloh bu tuyg‘uni munofiqlarning qalblarida bir nadomat boʻlsin deb, qilgandir. Alloh tiriltiradi ham, oʻldiradi ham. Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Agar sizga Alloh nusrat bersa, u holda sizning ustingizga g‘olib keluvchi yoʻq. Bordi-yu sizlarni qarovsiz tashlab qoʻysa, Undan boshqa kim ham sizlarga nusrat berar edi. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
Hamda munofiqlik qilgan kimsalarni bilish uchun edi. Ularga: “Kelinglar, Alloh yoʻlida jang qilinglar yoki mudofaa qilinglar”, – deyilsa, ular: “Agar urush qilishni bilganimizda, sizga ergashar edik”, – deb bahona aytardilar. Oʻsha kuni ular iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Ular qalblarida boʻlmaganni og‘izlari bilan aytardilar. Alloh ularning qalblarida yashirganlarini juda yaxshi biluvchidir.
Oʻzlari jangga chiqmay oʻtirib olib, shahid birodarlariga: “Agar bizga itoat qilganlarida, oʻldirilmas edilar”, – deb aytdilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar gapingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda oʻlimni oʻzingizdan daf qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Alloh yoʻlida oʻldirilganlarni hargiz oʻlikdirlar deb hisoblamang. Balki ular tirikdirlar va Robbilari huzurida rizqlantirilmoqdalar.
Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.