وَاسْأَلْهُمْ عَنِ الْقَرْيَةِ الَّتِي كَانَتْ حَاضِرَةَ الْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِي السَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُمْ بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ
Ey Muhammad, siz yahudiylardan dengiz sohilida boʻlgan qishloq ahli voqeasi haqida soʻrab koʻring. Ular shanba kuni Allohning baliq ovlashga doir qoʻygan taqiqini haddan oshib buzar edilar. Chunki ularga shanba kuni baliqlar suv ustida ochiq koʻrinib kelar edi. Shanbalik qilmagan kunlarida esa, baliqlar kelmas edi. Buzg‘unchilik qilganlari uchun shu tarzda ularni sinovga tutar edik.

