Ey insonlar, Robbingiz ichingizdagi barcha narsani juda yaxshi biluvchidir. Agar sizlar tavba qilib solihlardan boʻlsangiz, albatta, U tavba qiluvchilarni kechiruvchi Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey insonlar, Robbingiz ichingizdagi barcha narsani juda yaxshi biluvchidir. Agar sizlar tavba qilib solihlardan boʻlsangiz, albatta, U tavba qiluvchilarni kechiruvchi Zotdir.
Ey insonlar, Robbingiz ichingizdagi barcha narsani juda yaxshi biluvchidir. Agar sizlar tavba qilib solihlardan boʻlsangiz, albatta, U tavba qiluvchilarni kechiruvchi Zotdir.
Chunki isrofgarlar, shubhasiz, shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Robbisiga oʻta noshukr boʻlgan edi.
Chunki isrofgarlar, shubhasiz, shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Robbisiga oʻta noshukr boʻlgan edi.
Albatta, Robbingiz Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib qoʻyadi va xohlaganini tor qilib qoʻyadi. Albatta, U bandalarining barcha ishlaridan xabardor boʻlgan – Xobir va qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey insonlar, bolalaringizni kambag‘allikdan qoʻrqib oʻldirmanglar. Ularga ham, sizlarga ham Biz rizq beramiz. Ularni oʻldirish, albatta, katta xatodir.
Zinoga yaqinlashmang, albatta, u buzuqlik va yomon yoʻldir.
Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni oʻldirmang, bu faqat haq sharʼiy sabab tufayli mumkin. Kimki zulm qilinib nohaq oʻldirilsa, Biz uning egasi uchun qasos olishga haq berdik. Lekin u qotilni oʻldirishda haddan oshmasin. Zero, u yordam beriluvchi shaxsdir.
Toki yetuklik chog‘iga yetmaguncha, yetimning moliga yaqinlashmang. Lekin u yaxshilik niyati bilan chiroyli tarzda boʻlsa, yetimning molidan foydalanib turish mumkin. Ahdga vafo qilinglar, chunki ahd qiyomat kuni soʻraladigan ishdir.
Ey inson, u haqida aniq bilimga ega boʻlmagan narsalarga ergashma. Chunki quloq, koʻz, koʻngil – bularning barchasi u qilingan ishlar toʻg‘risida javobgardir.
Bularning barchasining yomonlari Robbingiz nazdida yoqtirilmagan ishlardir.
Ey Muhammad, ularga: “Agarda mushriklar aytganlaridek U bilan birga boshqa ilohlar ham boʻlganida edi, u holda ular Arshga ega boʻlishga yoʻl izlagan boʻlar edilar”, – deb ayting.
Yetti qavat osmon va Yer hamda ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytadi. Borliqda Uning hamdi bilan poklab tasbeh aytmagan bir narsa yoʻq. Lekin siz ularning tasbehlarini fahmlamaysiz. Albatta, U bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Kofirlar: “Chirigan suyak va titilgan tuproqlarga aylanib ketgach, chindan ham yangitdan yaratilib, tirilamizmi?!” – dedilar.
Ey Muhammad, ularga: “Xoh tosh boʻling xoh temir boʻling, baribir qayta tirilasizlar”, – deb ayting.
Yoki boʻlmasa, qayta tirilishi imkonsiz, – deb oʻz koʻnglingizcha katta koʻrinadigan biror maxluq boʻling, baribir Alloh sizlarni tiriltiradi. Hali ular: “Bizlarni kim yana hayotga qaytaradi?” – deb soʻraydilar. Ey Rasulim, ularga: “Sizlarni ilk bor yaratgan Zot”, – deb javob bering. Ular yana sizga boshlarini chayqab: “U kun qachon boʻladi?” – deydilar. Ularga: “Shoyad, u kun yaqinda boʻlsa”, – deb ayting.
Ey Rasulim, bandalarimga aytingki, ular oʻzaro suhbatlarda doimo eng chiroyli soʻzlardan soʻzlasinlar. Chunki shayton ularning oralarini buzib turadi. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.
Aslida, ular xudo deb iltijo qilayotgan kimsalarning oʻzlari ham qay birlari Robbilarining rizosiga yaqinroq ekan, – deb yoʻl izlaydilar. Uning rahmatidan umid qiladilar, azobidan esa qoʻrqadilar. Darhaqiqat, Robbingizning azobi qoʻrqinchlidir.
Yer yuzidagi biror qishloq yoki shahar ahli yoʻqki, Biz ularni qiyomat kuni kelishidan oldin halok etuvchi boʻlmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi boʻlmasak. Bularning taqdiri kitobda bitilgandir.
Ey insonlar, Robbingiz Oʻz fazlidan rizq izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qoʻygan Zotdir. Albatta, U sizlarga mehribondir.