Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar uni yolg‘onga chiqargan emasmidingiz?!.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar uni yolg‘onga chiqargan emasmidingiz?!.
Ular: “Ey Robbimiz, baxtsizligimiz bizlarga ustun keldi va biz, shubhasiz, adashgan qavmlar edik”, – deydilar.
Darvoqe, Mening bandalarim orasida bir guruh bordir. Ular: “Ey Robbimiz, Senga iymon keltirdik. Bas, bizlarni mag‘firat qil va bizlarga rahm qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – der edilar.
Bas, sizlar u moʻminlarni masxara qildingiz. Hatto bu ishingiz sizlarga Meni eslashni unuttirdi. Ha, sizlar ularning ustidan kular edingiz.
Alloh ularga: “Agar bilsangiz, dunyoda juda oz qoldingiz”, – deydi.
Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi boʻlsangizlar, Allohning dinidagi hukmlarni bajarishda sizlarni u ikkisiga nisbatan rahm-shafqat qilish tuyg‘ulari tutmasin. Shuningdek, ularning jazolanishida moʻminlardan bir guruh shohid boʻlsinlar.
Oʻzlaridan boshqa guvohlari boʻlmagan holda oʻz xotinlariga buzuq deb tosh otadiganlar har biri oʻzini, shubhasiz, rostgoʻylardan deb, Alloh nomiga toʻrt marta guvohlik berishi kerak.
Beshinchi guvohligi esa, agar yolg‘onchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini istashdir.
Ayolning beshinchi guvohligi esa, agar eri rostgoʻylardan boʻlsa unda, oʻziga Allohning g‘azabi tushishini soʻrashidir.
Uni eshitgan paytingizda: “Bu mish-mishni gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey pok Robbim, bu katta boʻhton-ku!” – desangiz boʻlmasmidi?!
Agar moʻmin boʻlsangizlar, Alloh hech qachon unga oʻxshagan narsalarga boshqa qaytmasligingizni sizlarga vaʼz qiladi.
Qiyomat kuni qilgan ishlari uchun ularning tillari, qoʻllari va oyoqlari oʻz zararlariga guvohlik beradi.
Orangizdagi nikohlanmagan erkak va ayollarni hamda qul va choʻrilaringizdan holati yaxshilarini uylantiringlar. Agar ular kambag‘al boʻlsalar, Alloh ularni Oʻz fazli bilan boy qiladi. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agar haqiqat ular tarafda boʻlsa, payg‘ambar oldiga boʻyin egib keladilar.
Albatta, moʻminlarning Allohga va Rasuliga oralarida hukm chiqarishi uchun chaqirilganlarida ularning gaplari: “Eshitdik va itoat qildik”, – deyishlari kerak edi. Ana oʻshalar najot topuvchilardir.
Albatta, moʻminlar faqat Allohga va payg‘ambariga iymon keltirgan kimsalardir. Ular payg‘ambar bilan biror umumiy ish ustida boʻlgan vaqtlarida undan izn soʻramaguncha turib ketib qolmaydilar. Lekin sizdan izn soʻraydigan kimsalar – ana ular Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular sizdan baʼzi bir ishlari uchun ruxsat soʻrasalar, bas, ulardan kimni xohlasangiz izn bering va Allohdan ularga mag‘firat soʻrang. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Olamlarga doʻzax azobidan ogohlantiruvchi boʻlishi uchun bandasi Muhammadga Furqonni nozil qilgan Zot barakatli va ulug‘dir.
U osmonlar va Yerning mulki Unga xos boʻlgan, Oʻziga farzand tutmagan, mulkida sherigi boʻlmagan, har bir narsani aniq miqdorda oʻlchab yaratgan Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼonni osmonlar va Yerdagi barcha sirni biladigan Zot nozil qilgan. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – deb ayting.
Ular yana masxara qilib: “Bu qanday payg‘ambar boʻldiki, oddiy odamlardek taom yeydi va bozorlarda yuradi?! Unga payg‘ambarligini tasdiqlaydigan biror farishta osmondan tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi boʻlsa edi?!” – deydilar.