U qushlarni koʻzdan kechirdi va ularning orasida hudhudga koʻzi tushmagach: “Nega men hudhudni koʻrmayapman yoki u beruxsat koʻzdan g‘oyib boʻluvchilardan boʻldimi?” – dedi.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U qushlarni koʻzdan kechirdi va ularning orasida hudhudga koʻzi tushmagach: “Nega men hudhudni koʻrmayapman yoki u beruxsat koʻzdan g‘oyib boʻluvchilardan boʻldimi?” – dedi.
Sulaymon unga: “Sen rost aytdingmi yoki yolg‘onchilardan boʻldingmi, yaqinda koʻrarmiz”, – dedi.
Malika: “Ey aʼyonlar, menga bu ishimda fatvo beringlar. Men toki sizlar guvoh boʻlmaguningizcha biror ishga qatʼiy qaror qiluvchi emasman”, – dedi.
Sulaymon malikani sinash uchun: “Uning taxtini tanimaydigan qilib, oʻzgartirib qoʻyinglar, u taxtini bilib olishga yoʻl topadimi yoki yoʻl topa olmaydigan kimsalardan boʻladimi, tomosha qilamiz”, – dedi.
Bas, malika kelgach unga: “Sening taxting shundaymidi?” – deyildi. Bilqis hayratlanib: “Xuddi oʻshaning oʻzi”, – dedi. Sulaymon: “Allohga hamd boʻlsinki, bizlarga undan ilgari ilm berilgan va musulmonlardan boʻlganmiz”, – dedi.
Uni esa Allohdan boshqaga ibodat qilgan narsasi musulmon boʻlishdan toʻsib qoʻygan edi. Chunki u kofirlar qavmidan edi.
Uni esa Allohdan boshqaga ibodat qilgan narsasi musulmon boʻlishdan toʻsib qoʻygan edi. Chunki u kofirlar qavmidan edi.
Shaharda isloh qilmaydigan, aksincha, yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan toʻqqiz nafar kimsa bor edi.
Bas, qilgan makrlarining oqibati qanday boʻlganiga nazar soling. Biz ularni va qavmlarining barchasini yer bilan yakson qildik.
Iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalarga esa najot berdik.
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Yoki maxluqotni ilk boshdan paydo qiladigan, keyin qiyomatda uni yana qayta yaratadigan va sizlarni osmondan va yerdan turli neʼmatlar bilan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Ey Muhammad, ularga: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, dalilingizni keltiring!” – deb ayting.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz va ota-bobolarimiz tuproqqa aylanib ketganimizda yana qabrlarimizdan qayta tirilib chiqariluvchimizmi?!” – deydilar.
Ey Rasulim: “Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solinglar!” – deb ayting.
Ey Muhammad, ularning iymonsizliklari borasida g‘am chekmang va ular qilayotgan nayranglardan siqilmang.
Kofirlar: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz qani, aytinglar-chi, shu vaʼda qilinayotgan azob qachon boʻladi?” – deydilar.
Ularga: “Balki, sizlar oshiqayotgan azobning baʼzisi allaqachon sizlarga yaqin kelib qolgandir”, – deb ayting.
Qiyomat oldidan kofirlarning ustiga aytilgan azob tushganida Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. Jonivor ularga odamlar oyatlarimizga aniq ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi.
Bas, ular savol-javobga kelishgach, Alloh ularga: “Sizlar aniq bilmagan holingizda oyatlarimni yolg‘onga chiqardingizmi?! Yoki nima qilgan edingiz?” – deydi.