Oʻtgan payg‘ambarlar Allohning farmonlarini bandalarga yetkazadigan, faqat Undan qoʻrqadigan va Allohdan oʻzgadan qoʻrqmaydigan zotlardir. Allohning Oʻzi hisob qiluvchilikka kifoyadir.
От искомого вами масдар-узак أ ح د образовано 85 аятов.
har biri, hech kimga, hech biri, biringizga, biringiz, ayollardan biri, biri, hech birini, biriga, hech birining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻtgan payg‘ambarlar Allohning farmonlarini bandalarga yetkazadigan, faqat Undan qoʻrqadigan va Allohdan oʻzgadan qoʻrqmaydigan zotlardir. Allohning Oʻzi hisob qiluvchilikka kifoyadir.
Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg‘ambarlarning oxirgisidir. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.
Albatta, Alloh osmonlar va Yerni qulab tushishidan saqlab ushlab turadi. Agarda ular qulab tushsa U Zotdan keyin hech kim ularni ushlab tura olmaydi. U bandalariga mehribon – Halim va mag‘firatli boʻlgan G‘ofur Zotdir.
Makka kofirlari agar ularga biror ogohlantiruvchi payg‘ambar kelsa, albatta, unga iymon keltirib har qanday ummatlardan koʻra hidoyatliroq boʻlishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgan edilar. Vaqtiki, ularga ogohlantiruvchi payg‘ambar kelgach, bu ularni hidoyatdan yanada uzoqlashtirdi.
Sulaymon: “Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga oʻzimdan keyin hech kim erisha olmaydigan bir mulk ato qilgin. Albatta, Sen koʻplab neʼmatlarni ato qiluvchisan”, – dedi.
Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilib aytgan qiz tug‘ilgani haqidagi xushxabar berilsa, g‘azabga toʻlib, yuzi qorayib ketadi.
Agar moʻminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsalar, darhol ular oʻrtasini isloh qilinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to tajovuzkor toifa Allohning amriga qaytguncha, sizlar tajovuz qilgan toifa bilan urushinglar. Agar u toifa tajovuzkorlikdan qaytsa, sizlar darhol ularning oʻrtasini adolat bilan tuzatib qoʻyinglar va adolat qilinglar. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Ey iymon keltirganlar, koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir! Oʻzgalarning aybini izlab josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Uni yomon koʻrasiz-ku, shundaymi?! Allohdan qoʻrqinglar! Shubhasiz, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Muhammad, munofiq kimsalar oʻzlarining ahli kitoblaridan boʻlgan kofir birodarlariga: “Qasam boʻlsinki, agar sizlar Madinadan haydab chiqarilsangizlar, albatta, bizlar ham sizlar bilan birga chiqib ketamiz va sizlarga qarshi harakatda hech qachon hech kimga itoat qilmaymiz. Agar sizlarga qarshi jang qilinsa, albatta, bizlar ham sizlarga yordam beramiz”, – deb aytishlarini koʻrmadingizmi? Alloh ularning yolg‘onchiligiga guvohlik beradi.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!
Shunday qilsak, bas, sizlardan hech kim uni toʻsib qoluvchi boʻlmas edi.
U toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Bas, darhol unga iymon keltirdik. Endi biz Robbimizga hech kimni aslo sherik qilmaymiz.
Albatta, u insonlarning kofirlari ham xuddi siz jinlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kimsani qayta tiriltirmaydi, deb gumon qilganlar.
Albatta, barcha masjidlar Allohnikidir. Bas, masjidlarda Alloh bilan qoʻshib yana biror kimsaga duo qilmanglar!
Ey Muhammad kofirlarga: “Men faqat yolg‘iz Robbimga ibodat qilaman va Unga hech kimni sherik qilmayman”, – deb ayting.
Ey Muhammad kofirlarga: “Albatta meni Allohning azobidan aslo biror kimsa himoya qila olmaydi va men hargiz Undan oʻzga panoh ham topa olmayman”, – deb ayting.
Alloh g‘aybni biluvchidir. Bas, biror kimsani Oʻz g‘aybidan xabardor qilmaydi.
Albatta, u jahannam katta balolardan biridir.
U kunda Allohning azobidek hech kim azoblamaydi.
Uning kishan va zanjirlarni bog‘lashidek hech kim bog‘lamaydi.