Ular: “Ey Robbimiz, juftu halollarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga koʻz quvonchini hadya qil va bizlarni taqvodorlarga yetakchi qil”, – deydilar.
От искомого вами масдар-узак لَنَا образовано 84 аятов.
bizning, biz uchun, bizga, biznikdir, biz uchun (mumkin bo'lganida), bizlar, bizni, bizdan, biz, bizga ham
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular: “Ey Robbimiz, juftu halollarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga koʻz quvonchini hadya qil va bizlarni taqvodorlarga yetakchi qil”, – deydilar.
Sehrgarlar belgilangan joyga kelganlarida firʼavnga: “Agar albatta, biz g‘olib chiqsak, bizlar uchun bir mukofot bormi?” – dedilar.
Biz Musoga iymon keltirganlarning birinchisi boʻlganimiz uchun, Robbimiz bizning gunohlarimizni mag‘firat etishiga umid qilamiz.
Darhaqiqat, ular qochib ketishlari bilan bizni g‘azabga soluvchilardir.
Ana endi bizlar uchun shafoatchilar yoʻq.
Bas, qani, edi yana bir marta dunyoda yashashlik boʻlsa-yu, biz ham moʻminlardan boʻlsak.
Keyin, qizlardan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam bizlarga qoʻylarimizni sug‘orib berganing haqini berish uchun seni chaqirmoqda”, – dedi. Soʻngra, Muso Shuʼayb payg‘ambarning huzuriga kelib, unga oʻz qissasini, soʻzlab berdi. Shuʼayb Musoga “Endi, qoʻrqma, sen zolimlar qavmidan qutulding”, – dedi.
Agarda behuda soʻzni eshitsalar, undan yuz oʻgiradilar va: “Bizning amallarimiz oʻzimiz uchun, sizning amallaringiz esa, oʻzingiz uchun. Salomat boʻlinglar, biz johillar bilan birga boʻlishni xohlamaymiz”, – deydilar.
Keyin Qorun qavmining oldiga zebu ziynati bilan chiqib keldi. Oʻtkinchi dunyo hayotini istaydigan kimsalar: “Eh, qani, endi bizlarga ham Qorunga berilgan narsalar berilsa edi. Rostdan ham u ulkan nasiba egasidir”, – dedilar.
U Bizga: “Chirigan suyaklarni kim ham tiriltira oladi?” – deb, masal keltirdi-yu, lekin oʻzining qanday yaratilishini unutib qoʻydi.
Axir bizlar uchun sizlarning ustingizdan dunyoda hukmronlik yoʻq edi-ku! Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz tug‘yonga ketgan qavm edingiz.
Makka mushriklari masxara qilib: “Ey Robbimiz, bizlarga vaʼda qilingan azobdan nasibamizni hisob kunidan oldin tezroq keltira qolgin”, – dedilar.
Ularga ergashganlar: “Yoʻq, sizlar xush kelmadingiz! Chunki sizlar bu azobni bizlarga keltirdingiz”, – deydilar. Bas, doʻzax naqadar yomon qarorgohdir.
Ular yana: “Ey Robbimiz, kim bizlarga mana shu azobni keltirgan boʻlsa, bas, unga doʻzaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilib bergin”, – deydilar.
Jahannamdagilar bir-birlariga: “Nega bizlar dunyoda yomonlardan deb hisoblab yurgan moʻmin kishilarni doʻzaxda koʻrmayapmiz?!” – deydilar.
Bas, ey Muhammad shuning uchun ham siz oʻzingizga buyurilganidek daʼvat qiling va toʻg‘ri yoʻlda boʻling hamda ularning havoyi nafslariga ergashmang. Ularga: “Men Alloh nozil qilgan kitobga iymon keltirdim va sizlarning oʻrtangizda adolatli boʻlishga buyurildim. Alloh bizning ham Robbimiz, sizning ham Robbingizdir. Bizning amallarimiz oʻzimizga, sizlarning amallaringiz esa oʻzingizgadir. Bizlar bilan sizlarning oʻrtangizda janjalga oʻrin yoʻqdir. Alloh qiyomatda barchamizni bir oraga jamlaydi va qaytib borish faqat Uning Oʻzigadir”, deb – ayting.
Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashib olib minasizlar. Keyin unga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: “Bizlarga bu ulovni boʻysundirib qoʻygan Zot ayb va nuqsonlardan pokdir. Vaholanki, bizlar bunga qodir emas edik”, – deysizlar.
Ular moʻʼjizalarni koʻrganlarida: “Ey sehrgar, duoyingni qabul qilishi xususidagi senga bergan ahdiga binoan Robbingga bizlar uchun duo qil bizlarni azobdan xalos qilsin, shunda biz albatta, hidoyat topuvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Ey Muhammad, hali Madinaga qaytganingizda sizga aʼrobiylardan jangga chiqmay, uyda qolgan munofiqlar: “Bizlarni mollarimiz va ahli oilalarimiz urushga chiqishdan mashg‘ul qilib qoʻydi. Endi sen bizlar uchun Allohdan mag‘firat soʻra”, – deydilar. Ular dillarida boʻlmagan narsani tillari bilan aytadilar. Ey Rasulim ularga: “Agar U Zot sizlarga biror zarar yetkazishni xohlasa yoki sizlarga biror manfaat yetkazishni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh tomonidan boʻlgan biror narsani daf qilishga qodir boʻla oladi?! Yoʻq, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir”, – deb ayting.
Ulardan keyin dunyoga kelgan kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan oʻtganlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan kimsalarga nisbatan gina paydo qilmagin! Ey Robbimiz, shubhasiz, Sen odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotsan”, – deydilar.