U osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qiluvchi Zotdir. Agar biror ishni qiladigan boʻlsa, unga, faqat “Boʻl!” desa bas, albatta, u boʻladi.
От искомого вами масдар-узак ب د ع образовано 4 аятов.
(U) yaratuvchidir, yo'qdan bor qiluvchidir, paydo bo'lgani, ixtiro qilganlari
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qiluvchi Zotdir. Agar biror ishni qiladigan boʻlsa, unga, faqat “Boʻl!” desa bas, albatta, u boʻladi.
Alloh osmonlaru Yerning yaratuvchisidir. Uning rafiqasi boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U barcha maxluqotni yaratdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Ey Muhammad, ularga: “Men payg‘ambarlarning dastlabkisi emasman. Men kelajakda oʻzimga ham sizlarga ham nima qilinishini bilmayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilinadigan narsaga ergashaman. Men faqat qiyomat azobidan aniq bir ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Soʻngra ularning izlaridan ketma-ket payg‘ambarlarimizni yubordik va Maryam oʻg‘li Isoni ham ularning ortidan yubordik va unga Injilni berdik hamda unga ergashgan kimsalarning qalblarida mehribonlik va shafqat paydo qildik. Rohiblikni esa ular oʻzlari chiqarib oldilar. Biz bu rohiblikni ularga yozmagan edik. Lekin ular oʻzlari Allohning rizoligini istab rohiblik qildilar-u, soʻng unga toʻla rioya qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirgan kimsalarga mukofotlarni ato qildik. Ammo ularning orasida aksariyati fosiqdirlar.