Ularning orasida Tavrot kitobini bilmaydigan, faqat xomxayollar qiladigan savodsizlari ham bor. Ular gumonlarga koʻra harakat qiladilar xolos.
От искомого вами масдар-узак م ن ي образовано 21 аятов.
xom xayollari, qani tilaklaringizni aytinglar, lekin (o'limni) istamaydilar, ularning xom xayollaridir, orzu qilardingiz, ko'z tikmang, va albatta ularni bo'sh xayollarga solaman, va umid beradi, sizning xom xayollaringiz bilan, xom xayollari bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularning orasida Tavrot kitobini bilmaydigan, faqat xomxayollar qiladigan savodsizlari ham bor. Ular gumonlarga koʻra harakat qiladilar xolos.
Ey Rasulim, ularga: “Agar Alloh huzurida oxirat diyori boʻlgan jannat boshqa odamlarga emas, xolis siz uchun xos boʻlsa, hamda soʻzingizda rostgoʻylardan boʻlsangiz, qani, unda oʻzingizga oʻlimni bir orzu qilib koʻringlar-chi!” – deb ayting.
Oldin oʻz qoʻllari bilan qilgan yomonliklari sababidan hech qachon u oʻlimni orzu qilolmaydilar. Alloh zolimlarning qilmishini bilib turuvchi Zotdir.
Ular: “Jannatga, faqat yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlganlargina kiradilar”, – deydilar. Bu esa ularning xomxayollaridir. Ey Muhammad, ularga: “Agar chindan ham rostgoʻylardan boʻlsangiz, unda dalilingizni keltiringlar”, – deb ayting.
Darhaqiqat, oʻlimga duch kelmasdan oldin, siz shahid boʻlib oʻlishni qattiq orzu qilardingiz. Mana, endi Uhudda u oʻlimni koʻrgach jang qilish oʻrniga dahshatdan tikilib qarab qoldingiz.
Agar Alloh baʼzi birovingizni biringizdan biror bir neʼmat bilan ustun qilib qoʻygan boʻlsa, sizlar unga koʻz tikib, hasadgoʻylik bilan orzu qilmanglar. Erkaklar uchun oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Ayollar uchun ham oʻzlari qilgan kasbu korlaridan bir nasiba bordir. Shunday ekan, Allohning fazlu karamidan umidvor boʻlib soʻranglar. Shubhasiz, Alloh har bir narsani bilib turuvchi Zotdir.
Hamda shayton: “Albatta, ularni toʻg‘ri yoʻldan ozdiraman, oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qilaman. Ularga buyurganimda menga ergashganlar botil eʼtiqodlariga ishonib, hayvonlarning quloqlarini kesadilar hamda ularga amr qilsam Allohning yaratganlarini asl qiyofasidan boshqasiga oʻzgartiradilar”, – deb aytgan. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni oʻziga doʻst deb tutsa, shubhasiz, u ochiq-oydin zararga duchor boʻlgandir.
Shayton ularga quruq vaʼdalar beradi va oʻtkinchi dunyoning xomxayollariga g‘arq qiladi. Aslida esa shaytonning ularga vaʼda qilayotgani, faqat yolg‘ondan iboratdir.
Bu oxirat mukofotlari sizlarning orzu havaslaringiz va ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning xomxayollari bilan boʻlmaydi. Kimki yomon amal qilsa, oʻsha yomonligi bilan jazolanadi. Hamda oʻziga Allohdan boshqa bir doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydi.

Ey Muhammad, Biz sizdan oldin yuborgan har bir rasul va payg‘ambar qachon oʻziga nozil boʻlgan oyatlarni qiroat qilsa, shayton uning qiroatiga boshqa narsalarni tashlagan. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsalarni oʻchiradi soʻngra, Alloh oʻz oyatlarini mustahkam qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.

Kechagina uning oʻrnini orzu qilganlar: “Vo ajab, Alloh bandalaridan oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, xohlaganining rizqini tor qilib qoʻyar ekan-da! Agar Alloh bizlarga lutf qilmaganida, bizlarni ham yerga yuttirgan boʻlar edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan-da!” – deb qoldilar.
Yoki insonga orzu qilgan hamma narsasi boʻlaveradimi?!
Shitob bilan otilib chiqadigan nutfadan.
Sizlar xotinlaringiz bachadoniga toʻkadigan maniy haqida oʻylab koʻrdingizmi?
Ular moʻminlarga: “Biz dunyoda sizlar bilan birga emasmidik”, – deb nido qilganlarida, moʻminlar: “Ha, lekin sizlar oʻzlaringizni fitnaga soldinglar va bizlarga musibat yetishiga koʻz tutdinglar hamda dinimiz toʻg‘risida gumonda boʻldinglar va Allohning amri boʻlgan oʻlim kelguncha xomxayollar sizlarni aldab yurdi. Sizlarni Alloh haqida yolg‘onchi shayton ham aldab qoʻydi” – deydilar.
Ey Muhammad ularga: “Ey yahudiy boʻlganlar, agar sizlar boshqa odamlarni emas, faqat oʻzlaringizni Allohning doʻstlari deb daʼvo qilsangizlar, bas, agar shu daʼvolaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, unda oʻlimni orzu qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Oʻz qoʻllari bilan qilib qoʻygan yomon ishlari sababli hech qachon oʻlimni orzu qila olmaydilar. Alloh zolimlarni biluvchidir.
Axir, u bachadonga toʻkiladigan maniydan iborat bir haqir nutfa emasmidi?!