Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
От искомого вами масдар-узак أ خ ر образовано 250 аятов.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
Insonlar orasida oʻzlari moʻmin boʻlmaganlari holda yolg‘ondan, “Biz Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik”, – deydigan kimsalar ham bor.
Shubhasiz, iymon keltirgan kimsalar, yahudiy dinida boʻlganlar, nasroniy dinida boʻlganlar hamda sobiiylar deb atalgan eʼtiqodda boʻlganlardan, kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan boʻlsalar, ular uchun Robbilari tarafidan ajrlari bordir. Unday zotlar uchun oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Ana shunday zolim kimsalar abadiy oxiratni unutib, uning oʻrniga oʻtkinchi dunyo hayotini sotib olgandirlar. Modomiki shunday ekan, ulardan azob yengillatilmaydi hamda ularga oxiratda jazodan qutulish uchun yordam berilmaydi.
Ey Rasulim, ularga: “Agar Alloh huzurida oxirat diyori boʻlgan jannat boshqa odamlarga emas, xolis siz uchun xos boʻlsa, hamda soʻzingizda rostgoʻylardan boʻlsangiz, qani, unda oʻzingizga oʻlimni bir orzu qilib koʻringlar-chi!” – deb ayting.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Allohning masjidlarida Uning nomi zikr qilinishiga toʻsqinlik qiladigan va ularni xarob qilishga harakat qiladigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Aslida ular masjidlarga qoʻrqqan hollarida kirishlari kerak edi. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa ulkan azob bordir.
Hamda Ibrohimning: “Ey Robbim, bu Makka shahrini tinch-omon qilgin hamda uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilarini turli xil mevalar bilan rizqlantirgin”, – deganini eslang. Shunda Alloh taolo: “Kufr keltirganlarni ham maʼlum bir vaqt rizqdan ozgina foydalantirib, keyin doʻzax azobiga mubtalo qilaman va u naqadar yomon joydir”, – dedi.
Oʻz qadrini pastga urgan kishigina Ibrohimning dinidan yuz oʻgiradi. Albatta, Biz dunyoda Ibrohimni payg‘ambar qilib tanlab oldik hamda, shubhasiz, u oxiratda solih bandalardandir.
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.
Ramazon roʻzasi sanoqli kunlarda boʻlib oʻtadi. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Roʻza tutishga madori yetmaydiganlarning zimmasida esa bir miskinning bir kunlik taomi miqdorida fidya bersin. Kimda-kim fidyani koʻngildan chiqarib ortiqroq bersa u oʻzi uchun yaxshidir. Lekin agar bilsangiz edi, sizlar uchun roʻza tutishingiz fidya berib tutmaganingizdan koʻra yaxshiroqdir.
Ramazon oyi shunday oydirki, unda insonlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan, haq va botilni ayiruvchi Furqon va hidoyat manbaidan dalillar boʻlgan Qurʼon nozil boʻlgandir. Bas, agar sizlardan kimki bu oyga yetishib, shohid boʻlsa, albatta, roʻzani tutsin. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga osonlikni xohlaydi, qiyinchilik boʻlishni istamaydi. Sizlarga bu osonlik roʻza kunlarining sanog‘ini toʻldirishingiz va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘lab, takbir aytishingiz uchundir. Shoyadki, bu neʼmatlarga shukr qilsangizlar.
Haj arkonlariga doir ibodatlaringizni ado etganingizdan keyin ilgari ota-bobolaringiz bilan faxrlanib, ularni esga olganingizdek, hatto ulardan ham kuchliroq holda Allohni yodga olinglar. Odamlarning orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Ey Robbimiz, bizlarga, faqat shu dunyoda bergin”, – deydi. Unday kimsalarga oxiratda nasiba yoʻqdir.
Ulardan shunday kimsalar borki, ular: “Ey Robbimiz, bizlarga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizlarni doʻzax azobidan saqlagin”, – deydilar.
Haj asnosidagi sanoqli kunlarda Allohga takbir aytib, koʻp zikr qilinglar. Kimki ikki kunda haj arkonlarini tugatib ketishga shoshilsa, unga gunoh boʻlmaydi. Shuningdek, kimki yana bir kun kechikib, Minoda qolsa, unga ham gunoh boʻlmaydi. Ushbu tavsiyalar Allohdan qoʻrqqanlar uchundir. Allohdan qoʻrqinglar va shuni bilinglarki, sizlar barchangiz, albatta, qiyomatda Uning huzuriga yig‘ilasizlar.
Ey Muhammad, sizdan urush harom qilingan oyda jang qilishning hukmi haqida soʻraydilar. Ularga: “U oyda jang qilish katta gunohdir”, – deb javob bering. Biroq odamlarni Alloh yoʻlidan toʻsish, Uni inkor qilish, odamlarni Masjid ul-Haromga borishiga toʻsqinlik qilish va aholisini u yerdan quvib chiqarish Alloh nazdida kattaroq gunohdir. Fitna chiqarish urush qilishdan koʻra kattaroq gunohdir. Kofirlarning qoʻlidan kelsa edi, sizlarni to haq diningizdan qaytarguncha, jang qilaverardilar. Bordi-yu sizlardan kimki dinidan qaytib, kofir holida oʻlib ketsa, ana oʻshalarning dunyo va oxiratdagi amallari behuda ketgan boʻladi. Ular doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Dunyo va oxirat haqida tafakkur qilishingiz uchun Alloh sizlarga oʻz oyatlarini bayon etadi. Ey Muhammad, sizdan yetimlar haqida soʻraydilar, ularga: “Ularni turmushlarini yaxshilash xayrli ishdir”, – deb ayting. Agar ularni orangizga qoʻshsangiz, ular sizning dindagi qardoshlaringizdir. Alloh buzg‘unchi bilan xayrsevarning farqini biladi. Alloh agar istasa sizlarni qiyinchilikka solib qoʻyar edi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Taloq qilingan ayollar uch hayz muddati miqdorida oʻzlarini kuzatib oʻtiradilar. Agar ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsalar, Alloh ularning bachadonlarida yaratgan homilani yoki hayz holatini berkitishlari halol boʻlmaydi. Agar erlari kelishuv qilib, oilani tiklashni xohlab qolsalar, shu muddat ichida ularni qaytarib yana nikohlariga olishga butunlay haqlidirlar. Erkaklarning ayollar ustida haqlari boʻlganidek, ularning ham erkaklar ustida maʼlum bir haqlari bordir. Ammo erkaklarga bu borada ayollardan bir daraja yuqori haq bordir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Agar xotinlaringizni taloq qilsangiz hamda ular idda vaqtilariga yetib kelsalar, soʻngra yaxshilikcha oʻzaro rozi boʻlishib, kelishib olsalar, ularni erlariga qayta nikohlanishlariga qarshilik qilmanglar. Orangizdagi Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar mana bu oʻgitlar bilan nasihat qilinadi. Bu ishni qilish sizlar uchun eng xayrli va pokiza ishdir. Barchasini Alloh biladi, siz bandalar esa bilmaysizlar.
Ey iymon keltirganlar, ehson qiladigan molini odamlar koʻrsin deb beradigan, aslida Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsalarga oʻxshab, sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan yoʻqqa chiqarmanglar. Ana shunday kishilarning misoli xuddi, ustida tuproq boʻlgan qoyatoshga kuchli jala kelib yuvib ketgan, natijada, yana uni sip-silliq tosh holatiga tashlab qoʻyganga oʻxshaydi. Ular ishlab topgan va riyokorlik qilib bergan boyliklaridan hech narsaga ega boʻlmaydilar. Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.