Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
От искомого вами масдар-узак أ خ ر образовано 250 аятов.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
Ey Muhammad, ularga: “Sizlar uchun shunday bir kunning vaʼdasi borki, Undan bir soat ortga ham qolmaysiz, oldinga ham keta olmaysiz”, – deb ayting.
Qiyomat kunida hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi oʻzga kishining yukini koʻtarmaydi. Agar gunoh yuki og‘ir egasi oʻz yukini koʻtarishga birovni chaqirsa ham, garchi chaqiriluvchi uning qarindoshi boʻlsa-da, u gunohdan biror narsa yuklatilmaydi. Ey Muhammad, siz faqat Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan va namozni toʻliq ado etgan zotlarnigina ogohlantira olasiz. Kimki poklansa, u faqat oʻzi uchun poklangan boʻladi. Oxir oqibat qaytish faqat Allohning huzurigadir.
Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, Yer ustida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin Alloh ularni jazolashni belgilangan qiyomat kunidagi muddatgacha kechiktiradi. Bas, belgilangan muddatlari kelgach esa ularning har biriga qilib oʻtgan yaxshi yoki yomon amallarining mukofot va jazosini beradi. Shubhasiz, Alloh bandalarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.
Soʻngra Nuhga ergashganlardan boshqalarni toʻfonda g‘arq qilib yubordik.
Keyingi avlodlar orasida u Ibrohim haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.
Keyingi avlodlar orasida u ikkisi xususida yaxshi gaplarni qoldirdik.
Biz keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.
Soʻngra qolganlarini halok qildik.
Bizlar bu haqda oxirgi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir.
Boshqa boʻysunmaydigan jinlarni esa kishanlar bilan bog‘langan qildik.
Uning boshqa shaklidagi turli azoblarni ham tatib koʻrsinlar.
Agar sizlar kufr keltirsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Agar iymon keltirib shukr qilsangizlar U sizlardan rozi boʻladi. Hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi boshqa gunoh yukini koʻtaruvchining yukini koʻtarmaydi. Soʻngra qaytishlaringiz Robbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga dunyoda qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa uyqusi vaqtida oladi. Bas, oʻlimga hukm qilgan jonlarni qaytarmay ushlab qoladi, qolganlarini esa belgilangan bir muddatgacha qoʻyib yuboradi. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
Qachonki, Allohning yolg‘iz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning yuraklari siqilib ketadi. Qachonki, Undan oʻzga butlar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib ketadilar.
Sur chalinganda, osmonlar va Yerdagi bor jonzot oʻladi, faqat Alloh xohlagan zotlargina tirik qoladi. Keyin unga yana bir puflanadi bas, birdan ular qabrlaridan turib, Allohning amriga muntazir boʻladilar.
Ey qavmim, bu oʻtkinchi dunyo hayoti faqat bir arzimas matodir. Albatta, oxirat barqarorlik diyoridir.