Yuzlari olov ichida aylantiriladigan kunda, ular: “Koshki edi, Allohga itoat qilganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda”, – deydilar.
От искомого вами масдар-узак ن و ر образовано 194 аятов.
olov, ularning nurini, olovdan, jahannam, olov, olovga, yorug'likka, yorug'lik, olovli, olovning
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yuzlari olov ichida aylantiriladigan kunda, ular: “Koshki edi, Allohga itoat qilganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda”, – deydilar.
Bas, bu kunda biringiz boshqangizga na foyda va na zarar yetkazishga kuchi yetmaydi. Biz, zulm qilganlarga: “Uni yolg‘on deb aytgan doʻzax azobini totib koʻringlar”, – deymiz.
Zulmatlar bilan iymon nuri ham teng boʻlmaydi.
Agar mushriklar sizning payg‘ambar ekaningizni inkor qilsalar, bas, bilingki, ulardan avvalgilar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Holbuki, payg‘ambarlari ularga aniq moʻʼjizalar, ilohiy sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.
Kufr keltirgan kimsalarga esa jahannam otashi bordir. Ularga yana bir bor oʻlishlari uchun hukm qilinmaydiki oʻlsalar. Shu bilan birga, ulardan doʻzax azobi ham yengillatilmaydi. Biz har bir kofirni mana shunday jazolaymiz.
U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilib bergan Zotdir. Bas, sizlar uning oʻtinidan olov yoqasizlar.
Biz osmon va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsalarni bekorga yaratgan emasmiz. Bularni behuda deganlar kufr keltirgan kimsalarning gumonidir. Bas, kufr keltirgan kimsalar uchun doʻzaxdan iborat halokat boʻlgay!
Ularga ergashgan kimsalar koʻrsatilib: “Mana bu odamlar sizlar bilan birga jahannamga tashlanuvchi guruhdir”, – deyiladi. Ularga “Xush kelibsiz” deyish yoʻq. Haqiqatan, ular doʻzaxda toblanuvchilardir.
Ular yana: “Ey Robbimiz, kim bizlarga mana shu azobni keltirgan boʻlsa, bas, unga doʻzaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilib bergin”, – deydilar.
Albatta, doʻzax ahlining ana shunday tortishishlari aniq haqiqatdir.
Shayton: “Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding”, – dedi.
Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, Robbisiga qaytib duo qiladi. Soʻngra, qachonki, Alloh Oʻz tomonidan unga biror neʼmat ato qilsa, bundan oldin Allohga qilgan duolarini unutib qoʻyar va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlarni oʻylab topadi. Ey Muhammad, unga: “Sen oʻz kufring bilan dunyoda ozgina foydalanib qol! Albatta, sen doʻzax ahlidandirsan”, – deb ayting.
Ular uchun jahannamda ustilaridan ham ostilaridan ham olovdan boʻlgan soyabonlar bordir. Bu boʻlajak azob bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitadi. Ey bandalarim, Mendan qoʻrqinglar!
Ey Rasulim, axir, bir kimsaga azob haqidagi hukmning soʻzi muqarrar boʻlsa, siz uni hidoyat qila olarmidingiz?! Axir, siz doʻzaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?!
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Mahshardagi yer Robbisining nuri bilan yorishadi. Nomai aʼmol kitobi hisob uchun hozirlab qoʻyiladi. Payg‘ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning oʻrtalarida zulm qilinmagan holda haq bilan hukm qilinadi.
Kufr keltirgan kimsalar ustiga ham Robbingizning azob haqidagi soʻzi mana shunday muqarrar boʻlgan. Albatta, ular doʻzax egalaridir.
Ey qavmim, nima uchun men sizlarni najotga chaqirsam, sizlar meni doʻzaxga chaqirasizlar?!
Shubha yoʻqki, albatta, sizlar meni unga ibodat qilishga chorlayotgan narsalaringiz dunyoda ham oxiratda ham hech kimni daʼvat qila olmaydi. Albatta, barchamizning qaytib borishimiz Allohgadir. Albatta, haddan oshuvchilar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir.
U azob shunday olovki, ertayu kech unda koʻndalang qilib kuydiriladilar. Qiyomat soati qoim boʻladigan kunda esa, doʻzax farishtalariga: “Firʼavn xonadonini eng ashaddiy azobga kiritinglar”, – deyiladi.