Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari toʻplanib, uning qarshisida tizilgan hollarida turdilar.
От искомого вами масдар-узак و ز ع образовано 5 аятов.
haydab borilyapti, ko'nglimga ilhom ber, (ilohiy huzurga) haydalandilar, bir joyga to'plandilar, meni hayda
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari toʻplanib, uning qarshisida tizilgan hollarida turdilar.
Sulaymon uning bu soʻzidan kulib, tabassum qildi va: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq qilgin va meni Oʻz fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!” – dedi.
Oʻsha kunda har bir ummatdan oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan guruhlarni toʻplaymiz keyin ular saf-saf boʻlib tizilib turadilar.
Allohning dushmanlari doʻzaxga haydalish uchun toʻplanib, keyin ular tizilib qoʻyiladigan kunni eslang.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Onasi uni qornida qiynalib koʻtarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni sutdan ajratish muddati oʻttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq qilgin va men uchun zurriyotimni isloh qil! Albatta, men Senga gunohlarimdan tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman”, – deydi.