Alloh Oʻz Payg‘ambariga ulardan oʻlja qilib bergan narsalar ustiga sizlar qiynalib ot va tuyalarni choptirib borganingiz yoʻq. Lekin Alloh Oʻz payg‘ambarlarini Oʻzi xohlagan kimsalar ustidan hukmron qilib qoʻydi. Alloh har narsaga qodir Zotdir.
От искомого вами масдар-узак وَلَٰكِنَّ образовано 124 аятов.
lekin, ammo, lekin (der), va lekin, biroq, lekin men, lekin u, lekin bu, lekin ular, va biroq
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh Oʻz Payg‘ambariga ulardan oʻlja qilib bergan narsalar ustiga sizlar qiynalib ot va tuyalarni choptirib borganingiz yoʻq. Lekin Alloh Oʻz payg‘ambarlarini Oʻzi xohlagan kimsalar ustidan hukmron qilib qoʻydi. Alloh har narsaga qodir Zotdir.
Munofiqlar oʻzlarining ergashuvchilariga: “Allohning payg‘ambari huzuridagi kishilarga ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar”, – deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari faqat Allohnikidir. Lekin munofiqlar buni anglamaydilar.
Ular: “Qasam boʻlsinki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni u yerdan quvib chiqaradi”, – deydilar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg‘ambariniki va moʻminlarnikidir. Lekin munofiqlar buni bilmaydilar.
Balki, u Qurʼonni yolg‘onga chiqardi va iymondan yuz oʻgirdi.