Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
От искомого вами масдар-узак هُم образовано 401 аятов.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Haq ekanligiga unda hech qanday shubha boʻlmagan qiyomat kunida ularni toʻplaganimizda va hech bir nafsga zulm qilinmay qilgan ishiga yarasha toʻliq jazo va mukofot berilganda, hollari qanday kechar ekan?!
Ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylardan shunday kimsalar borki, agar ularga uyum-uyum mol omonatga topshirsang ham, uni senga toʻlaligicha qaytaradilar. Ammo shundaylari ham borki, ularga bor yoʻg‘i bir oltin dinor omonat bersang, to tepasida mudom turib olmaguningizcha sizga qaytib bermaydi. Buning sababi esa, yahudiy boʻlmagan omi insonlar haqida zimmamizda javobgarlik uchun yoʻl yoʻq deb, bila turib Alloh haqida yolg‘on gapni aytadilar.
U yahudiylardan yana shunday bir guruh borki, Tavrot kitobidan boʻlmagan holda uni kitobdan deb hisoblashingiz uchun kitobni tillarini burab, atayin oʻzgartirib oʻqiydilar. Hamda bu oʻqiganlarini “u Allohning huzuridan”, – deydilar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bila turib Alloh haqida yolg‘on gapni aytadilar.
Bas, kim shu iqrordan keyin ham yuz oʻgirib ketsa, ana oʻshalar fosiq kimsalardir.
Ular u yerda mangu qoluvchilardir. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Avval iymon keltirganlaridan keyin yana takror kufrga qaytgan va kufrni orttirganlarning tavbasi aslo qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar toʻg‘ri yoʻldan adashgan kimsalardir.
Allohga kufr keltirgan va kofir holda oʻlib ketgan kimsalar oʻzlarini qutqarish uchun Yer yuzi toʻla oltinni fidya qilib toʻlab bersalar ham, aslo qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga alamli azob bordir. Hamda ular uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar boʻlmaydi.
Bas, shunday dalildan keyin ham kimki Allohga nisbatan yolg‘on soʻzni uydirsa, demak, oʻshalarning oʻzlari zolim kimsalardir.
Ey moʻminlar, orangizdan xayrga chaqiradigan, yaxshilikka buyuradigan va yomonlikdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻsha kimsalar najot topuvchilardir.
Yuzlari oqargan kimsalar esa Allohning rahmati boʻlgan jannatida boʻladilar. Hamda ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Ularning hammasi ham barobar emas. Ahli kitoblardan tun vaqtlarida sajda qilgan holda Allohning oyatlarini tilovat qilib chiqadigan toʻg‘ri jamoa ham bor.
Shubhasiz, kufr keltirganlarning mol dunyolari va farzandlari Allohning huzuridan ularga biror narsada foyda keltirmaydi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir hamda ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Ular biror bir buzuq ish qilib yoki nafslariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishini soʻraydilar. Axir Allohdan oʻzga gunohlarni kim ham mag‘firat qilardi? Shuningdek, ular bilib turib qilayotgan yomon ishlarida davom etmaydigan kimsalardir.
Hech bir payg‘ambar oʻljaga xiyonat qilishi mumkin emas. Kimki oʻljaga xiyonat qilsa, qiyomat kuni oʻsha xiyonati bilan birga huzurimizga keladi. Soʻngra har nafs egasi qilgan ishiga yarasha zulm qilinmagan holda mukofot yoki jazosini toʻliq oladi.
Ular uchun Alloh huzurida turli darajalar bordir. Alloh ularning qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Hamda munofiqlik qilgan kimsalarni bilish uchun edi. Ularga: “Kelinglar, Alloh yoʻlida jang qilinglar yoki mudofaa qilinglar”, – deyilsa, ular: “Agar urush qilishni bilganimizda, sizga ergashar edik”, – deb bahona aytardilar. Oʻsha kuni ular iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Ular qalblarida boʻlmaganni og‘izlari bilan aytardilar. Alloh ularning qalblarida yashirganlarini juda yaxshi biluvchidir.
Ular Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlardan xushnuddirlar. Hamda hali ortlaridan yetib kelmagan hayotdagi birodarlariga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va g‘am-tashvish ham chekmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.
Gunoh ishlarni doimiy qilib yurgan va birontasiga oʻlim oni kelgach, “endi tavba qildim”, – deydigan hamda kofir holida oʻlib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmaydi. Ana oʻshalarga oxiratda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Ana shunday kimsalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Ular doʻzaxdan chiqishni xohlaydilar, biroq undan chiquvchi emaslar, Ularga doimiy azob bordir.