هُوَ الَّذِي جَعَلَ لَكُمُ اللَّيْلَ لِتَسْكُنُوا فِيهِ وَالنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
U sizlarga orom olishingiz uchun kechani va turli ishlar bilan shug‘ullanishingiz uchun yorug‘lik beradigan qilib kunduzni yaratgan Zotdir. Albatta, bunda eshitib ibrat oladigan qavm uchun alomatlar bor.

