Alloh ularga: “Shubhasiz, endi ular muqaddas zaminga kirishdan qirq yilga mahrum boʻldilar. Shuningdek, ular u yerdagi choʻllarda sarsonu sargardon boʻlib adashib yuradilar. Sen bu fosiq qavmlarning holi uchun g‘am yemagin”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак أ س و образовано 7 аятов.
sen xafa bo'lma, achinaman, bir misol, xafa bo'lmasligingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh ularga: “Shubhasiz, endi ular muqaddas zaminga kirishdan qirq yilga mahrum boʻldilar. Shuningdek, ular u yerdagi choʻllarda sarsonu sargardon boʻlib adashib yuradilar. Sen bu fosiq qavmlarning holi uchun g‘am yemagin”, – dedi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.
Shuʼayb payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Axir qanday qilib kofir qavmlarga achinaman”, – dedi.
Ey moʻminlar, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlgan hamda Allohni koʻp zikr qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari xulqida goʻzal namuna bordir.
Toki, sizlar qoʻllaringizdan ketgan narsaga achinmaysizlar va Alloh bergan narsa bilan shodlanib ketmaysizlar. Alloh har qanday kibrli va maqtanchoq kimsalarni sevmaydi.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.
Darhaqiqat, sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor boʻlgan kishilar uchun Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga boʻlgan moʻminlarning tutgan yoʻllarida goʻzal namuna bordir. Kimki iymondan yuz oʻgirib ketsa, bas, albatta, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.